Namanganda erkak tanishini pichoqladi

Namanganda erkak tanishini pichoqladi

Namanganda erkak o‘z tanishini pichoq sanchib, o‘ldirib qo‘ydi. Viloyat prokuraturasi voqea tafsilotlarni ochiqladi.

Ta’kidlanishicha, Norin tumani, “Qozoqovul” MFYda yashovchi D.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Malibu-2” rusumli avtomashinasini 2022 yilning iyul oyida Norin tumani, “Sho‘rariq” MFYda yashovchi S.T. ga o‘zaro kelishuvlariga asosan sotib, shu kuni pulning bir qismini olgan va qolgan qismini keyinchalik berishga kelishishgan.

S.Turg‘unov kelishilgan pulni o‘z vaqtida bermaganidan so‘ng, D.T. pulni olish maqsadida 30 sentyabr kuni S.T. bilan uchrashgan vaqtida o‘zaro janjallashib qolgan va S.T. xo‘jalik pichog‘i bilan D.T. ning tana qismiga bir marotaba qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

D.T. shifoxonaga olib borilib zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay u vafot etgan.

Hozirda fuqaro S.T. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shu kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!