Namanganda “Damas” mashinasidan 336 million so‘mlik noqonuniy dori vositalari topildi

Namanganda  “Damas” mashinasidan 336 million so‘mlik noqonuniy dori vositalari topildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir noxush holatning oldi olindi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro J.U. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasining salonida xorijda ishlab chiqarilgan 336 million so‘mlik 11 200 dona “Regapen 300mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Ayni kunlarda tegishli huquqni muhofaza qilish organlari mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!