Namanganda 7 yoshli qizcha jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

A A A
Namanganda 7 yoshli qizcha jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Qizaloq hozir jonlantirish bo‘limida, aybdor esa uning 38 yoshli qarindoshi ekanligi aytilmoqda.

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yoshli qizaloq o‘z qarindoshi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1987 yilda tug‘ilgan B.S. 2025 yil 14 oktyabr kuni tog‘asi J.M.ning uyida bo‘lib o‘tgan to‘y marosimida qatnashgan. U to‘yda tog‘asining 2018 yilda tug‘ilgan nevarasi I.K.ni aldab, yolg‘iz chetga olib chiqib, nomusiga tekkan va voqea joyidan qochib ketgan.

Qizaloq og‘ir ahvolda shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. E’tiborlisi, jinoyatchi ikki kun davomida qochib yurgan, ammo huquqni muhofaza qilish organlari uni qidiruv orqali topib, qo‘lga olgan. Yangiqo‘rg‘on tuman sudi 16 oktyabr kuni unga nisbatan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasini belgiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, B.S. ilgari ham jinsiy jinoyatlar uchun bir necha bor sudlangan. 2014 yilda u zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirgani uchun 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2020 yilda nomusga tegish jinoyati uchun yana sudlangan va 10 yil 2 oy jazo olgan. Ammo keyinchalik uning jazosi yengilroq turdagi axloq tuzatish ishlariga almashtirilgan.

Shu yil 19 fevralda Chirchiq shahar sudi B.S.ning o‘talmagan 5 yillik qamoq muddatini yengilroq jazoga aylantirgan. Biroq u erkinlikka chiqqach, yana og‘ir jinoyat sodir etgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 7 avgustda qabul qilingan qonunga ko‘ra, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan zo‘rlik ishlatish yoki ularning nomusiga tegish bilan bog‘liq jinoyatlarda jazoni yengillashtirish imkoniyati endi qo‘llanmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

Kanadalik olim Trampga Oy kimga tegishli ekanligini eslatib qo‘ydi

Олим ҳатто Американинг ўтмишдаги