Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi, Global ekologik jamg‘armaning (GEF) VIII Assambleyasi, shuningdek, "Green University" va “yashil” texnikumlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Ekologiya vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Ekologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Javohir Abduxoliqov, qo‘mita departament rahbari Bahrom Xolxo‘jayev, "Green University" rektori, professor Baxtiyor Pulatov, qo‘mita va tizim tashkilotlari xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirda so‘zga chiqqan Jusipbek Kazbekov O‘zbekiston yana muhim xalqaro ekologik tadbirlar o‘tkaziladigan maydonga aylanayotganini ta’kidladi. Ushbu tadbirlar doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishning dolzarb masalalariga alohida e’tibor qaratilshi qayd etildi. Jumladan, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga bardoshlilikni oshirish, bioxilma-xillikni saqlash, yer degradasiyasi va cho‘llanishga qarshi kurash, suv resurslarini boshqarish hamda atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, u Markaziy Osiyodagi yagona ixtisoslashgan ekologik universitet — "Green University" hamda uning huzurida tashkil etilayotgan “yashil” texnikumlar faoliyatiga alohida to‘xtaldi. Ushbu texnikumlarda ekologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanishi, bu esa nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘z navbatida, Javohir Abduqxoliqov Global ekologik jamg‘armaning (GEF) VIII Assambleyasi haqida ma’lumot berdi. Assambleya doirasida yuqori darajadagi 9 ta davra suhbati, 50 dan ortiq sayd-iventlar o‘tkazilishi, qator xalqaro tashabbuslar e’lon qilinishi va yangi ekologik loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Assambleya yakunlari bo‘yicha “yashil” loyihalarga grant va investisiyalar jalb etilishi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik kengaytirilishi, iqlim o‘zgarishiga moslashuv loyihalari qo‘llab-quvvatlanishi, Orolbo‘yi ekotizimini tiklash dasturlari ilgari surilishi, bioxilma-xillikni saqlash, qayta tiklanuvchi energetika va barqaror qishloq xo‘jaligi loyihalari rivojlantirilishi, shuningdek, qo‘shma transchegaraviy tashabbuslar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tadbir xorijiy delegasiyalar va ekspertlar oqimini oshirish, biznes turizmini rivojlantirish hamda xizmat ko‘rsatish va logistika sohalarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirda so‘zga chiqqan Bahrom Xolxo‘jayev "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ekologik ko‘rgazmasiga alohida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, mazkur tadbir dunyoning 100 dan ortiq davlatidan vakillar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus, investorlar, ekologik mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ekoinnovatorlar, davlat organlari va ekspertlar hamjamiyatini birlashtiradi. Ko‘rgazma doirasida ekologik mahsulot va xizmatlarga bag‘ishlangan 68 dan ortiq pavilyon tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda "Business Congress Management" (BCM) kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ko‘rgazmada Global yashil o‘sish instituti (GGGI), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar ishtirok etadi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistonining "Vision Invest", Fransiyaning SUEZ, Xitoyning "Cevia Environment", Yaponiyaning KOMOTO, Finlyandiyaning EPSOY, Rossiyaning "Siberian Wellness", BAAning "Bell Energy" va Hindistonning "Oizom Instruments" kompaniyalari o‘z korporativ pavilyonlarini taqdim etadi. Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, AKFA, Jizzax akkumulyator zavodi va “O‘zkimyosanoat” AJ kabi yirik mahalliy korxonalar ham ishtirok etadi.

Ekoinnovatorlarning innovasion ishlanmalarini namoyish etish maqsadida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining startap loyihalari uchun qo‘shimcha 20 ta pavilyon tashkil etiladi. Bundan tashqari, mamlakatning barcha hududlari iqlim o‘zgarishiga moslashish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan aniq loyiha takliflarini tayyorlagan. Ushbu tashabbuslar xalqaro donorlar va investorlarga taqdim etiladi. Ko‘rgazma doirasida “yashil” energetika, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish, iqlimga moslashuv va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan sayd-iventlar, tematik forumlar, taqdimotlar va muloqot maydonchalari tashkil etiladi.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

Shuningdek, Toshkentdagi "High Town City Mall"da 29–31 may kunlari bo‘lib o‘tadigan "Cat X" xalqaro mushuklar ko‘rgazmasi haqida ham ma’lumot berildi. "Cat X" — O‘zbekistondagi hayvonlarga mas’uliyatli munosabatni targ‘ib qilish, boshpanalarni qo‘llab-quvvatlash va felinologiyani (mushuklarni o‘rganuvchi fan) rivojlantirishga qaratilgan yagona professional mushuklar ko‘rgazmasidir. U O‘zbekistonda 7-marotaba o‘tkazilmoqda va bu yil ilk bor Germaniyaning "World Cat Federation" tashkiloti homiyligida xalqaro maqomda tashkil etiladi. 2025 yilda tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Moldova va boshqa davlatlardan 80 ta jonivor ishtirok etgan bo‘lsa, tashrif buyuruvchilar soni 7000 nafarga yetgan. Bu yil Germaniya, Xitoy, Vengriya, Latviya, Xorvatiya, Tailand, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya, Belarus va Ukrainadan ekspertlar hamda mehmonlar kelishi kutilmoqda. Tashrif buyuruvchilar soni 12 ming nafardan oshishi prognoz qilinmoqda.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

"Green University" rektori Baxtiyor Pulatov o‘z nutqida universitet va uning negizida respublikaning barcha hududlarida tashkil etilayotgan “yashil” texnikumlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, universitetdagi ta’lim sifati ESG Yevropa standartlariga mos bo‘lib, dunyo darajasidagi raqobatbardosh va ijtimoiy mas’uliyatli ekolog mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Hozirda oliygohda barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, ekologik huquq, sirkulyar iqtisodiyot, barqaror moliya, ekologik fanlar va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat hamda magistratura dasturlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25 martdagi PQ–110-son qaroriga muvofiq, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida "Green University" huzurida 14 ta “yashil” texnikum tashkil etiladi. Mazkur qaror asosida uzluksiz ta’limning integrasiyalashgan modeli joriy etilib, universitetda o‘qitiladigan maxsus fanlar “yashil” texnikumlarning ikkinchi kurs o‘quv dasturlariga kiritiladi. Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan va ingliz tilini kamida B2 darajasida biladigan bitiruvchilar o‘z akademik ko‘rsatkichlari (GPA) asosida "Green University" bakalavriat dasturlarining ikkinchi bosqichidan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Baxtiyor Pulatov, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida “yashil” texnikumlar tashkil etilishi mahalliy iqlim va ekologik xususiyatlarni yaxshi biladigan, o‘z hududi bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash imkonini berishini ta’kidladi.

Eco Expo Central Asia 2026, GEF VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya milliy qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi

Matbuot anjumani davomida mutaxassislar ommaviy axborot vositalari vakillarining barcha savollariga batafsil javob berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

«Jumanji» aktyori vahshiylarcha o‘ldirildi

Лос-Анжелес полицияси америкалик актёр Жеймс Хэндининг ўлдириб кетилиши юзасидан тергов ҳаракатларини олиб бормоқда.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tekkanligi aytilmoqda. Gumonlanuvchi 2004 yilgi Olimpiada bronza medali sohibi(?)

Ижтимоий тармоқда ИИБ ходими вояга етмаган шахснинг номусига текканлиги ҳолати юзасидан ҳабар жойлаштирилган.

O‘zbekistonning JChdagi raqibi o‘yini Ebola sabab bekor qilindi

9 июн куни Испанияда бўлиб ўтиши режалаштирилган Конго Демократик Республикаси ва Чили ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

AQSh xavfsizlik xodimlari O‘zbekiston terma jamoasini alohida tekshiruvdan o‘tkazdi (video)

Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик доирасида Нидерландияга қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушди

Shomurodov faoliyatini Saudiya Proligasida davom ettirishi mumkin – manba

Қайд этилишича, Элдор Саудияга йўл оладиган бўлса, янги клубида тахминан 3 миллион евро атрофида маош олиши маълум қилинди.

Sergeli mashina bozorida noqonuniy savdogarlarning rasmi ilib qo‘yildi

Бозор маъмурияти ушбу шахслар ноқонуний савдо билан шуғулланиб келганлигини таъкидлаган ҳолда, харидор ва сотувчиларни алданиб қолмасликка чақиряпти.

Rejimni mustahkamlash va Rossiyani jilovlash: nima uchun Si Szinpin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi?

Хитой раиси Си Цзиньпиннинг Пхеньянга келган Си Цзиньпин ва Ким Чен Ин икки давлат ўртасидаги «енгилмас дўстлик»ни яна бир бор таъкидлади.

O‘zbekiston va Niderlandiya yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazadi

Бугун футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси Нидерландияга қарши ўртоқлик ўйинида майдонга тушади. Учрашув 23:45 да бошланади.

Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib vafot etdi

Аниқланишича, вафот этган фуқаро ота-она ва яқинлари билан бирга Туркияга сайёҳ сифатида келган.

Suriya davlatidagi terrorizmni moliyalashtirishda ayblangan 8 kishi qamaldi

«Саад Мухтор» тахаллусли мазкур шахс Telegram мессенжери орқали Фаластинда жабр кўрган мусулмонларга эҳсон қилиш ниқоби остида пул йиғиш билан шуғулланган.

Samarqandda ayol 7 nafar nevarasiga zo‘ravonlik qilib kelgani aniqlandi

Болалар омбудманининг ИИВ га сўрови асосида болаларни зўравонликдан ҳимоя қилиш ва хавфсизлигини таъминлаш мақсадида уларга ҳимоя ордери тақдим этилди.

Fransiya va Germaniya qo‘shma qiruvchi samolyot loyihasidan voz kechmoqchi

Фридрих Мерц ва Эммануэль Макрон Европа давлатлари учун мўлжалланган олтинчи авлод қирувчи самолётни биргаликда ишлаб чиқиш лойиҳаси бўйича шартномани имзолай олмаслик ҳақида келишиб олгани хабар қилинди.

Netanyahu Isroilning Hizbullohga qarshi operasiyasi davom etishini ma’lum qildi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяҳу Хавфсизлик кенгаши йиғилишидан сўнг Исроил Мудофаа кучларининг (IDF) Ливандаги Ҳизбуллоҳга қарши операцияси ҳали якунланмаганини билдирди.

Filippin janubidagi kuchli zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

Маҳаллий ҳокимият маълумотларига таяниб хабар беришича, жабрланганлар сони 200 нафардан ошган.

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Ҳужжатлар кўриб чиқиш учун тегишли судловга юборилган. Воқеа қачон содир бўлганига аниқлик киритилмаган.

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Полиция маълумотларига кўра, офат туфайли камида 134 киши жароҳатланган.

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Хабар келиб тушиши билан воқеа жойига қутқарув бўлинмалари зудлик билан етиб борган. Айни пайтда портлаш оқибатида келиб чиққан ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Gulfstream G200 бизнес-жети Техасга чартер рейсини амалга ошираётган бўлган.

Andijonda 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Андижон вилоят ИИБ вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази инспектори-ижтимоий ходими лавозимида ишлаган С.Б вояга етмаган У.Мни Андижон шаҳарда жойлашган кўп қаватли уйга олиб бориб, у билан жинсий алоқа қилганлиги аниқланган.

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Дастлабки маълумотларга кўра, пауэрбанк тутаб кетганидан сўнг унинг эгаси қурилмани вагон полига улоқтириб юборган.

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Дастлабки суриштирув давомида у ўзининг онасига тегишли Тошкент туманидаги хонадонда гиёҳвандлик ўсимликларини етиштираётганлиги аниқланди.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.