Namanganda 20 yoshli yigit 4 nafar o‘quvchini pichoqladi

Namanganda 20 yoshli yigit 4 nafar o‘quvchini pichoqladi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 20 yoshli yigit 4 nafar maktab o‘quvchisini pichoqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha tumandagi Bo‘ston mahallasida joylashgan 21 maktabning 11 sinfida o‘quvchi 4 nafar bola pichoqlangan. 20 yoshli yigit ularning oldiga kelib tanishining kaltaklanganini bahona qilib pichoq bilan hujum qila boshlagan. Natijada ularning biri hayoti uchun xavfli bo‘lgan zarblarni qabul qilgan, qolgan uchtasi esa yengil jarohat olgan. Buni sud-tibbiy ekspertizasi ham tasdiqlagan.

Hozirda zo‘ravonga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!