Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Namangan viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Dilmurod Toxirjonovich Ahmedov tayinlandi.

Dilmurod Ahmedov 1984-yilda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2007-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!