Namangan shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayyor qabuli o‘tkazildi

Namangan shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayyor qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 29 iyun kuni Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi B.Kasimov, Namangan tumanlararo ma’muriy sudining raisi O.Ziyaviddinov va jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisi S.Qodirovlar tomonidan Namangan shahrining “Ozod”, “Dambog‘”, “Shodlik”, “Guzar”, “Yangi hayot”, “Ilg‘or” va “Sharq tongi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayyor qabullari o‘tkazildi.

Sayyor qabullar jarayonida xotin-qizlar o‘zlarining uy-joy, aliment undirish, oila va nikoh munosabatlari, davlat organlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish hamda jinoyat ishlari bo‘yicha turmush o‘rtoqlariga nisbatan jazo choralarini o‘zgartirish masalalarida murojaatlar qildilar.

Sayyor qabul vaqtida murojaat qilgan 29 nafar xotin-qizlarning 9 nafarini murojaatlari qanoatlantirildi. Ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun aliment undirish masalasida qilingan murojaatlarni tashkil qildi. Qolgan 20 ta murojaatlarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi va ular bo‘yicha xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayyor qabullarini Namangan shahrining Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida “mahallabay” o‘tkazish yuzasidan alohida reja ishlab chiqilib, bunday tadbirlarni har hafta mobaynida o‘tkazish belgilangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!