Nahotki?! Tramp Suriya prezidentini yo‘q qilmoqchi bo‘lganini tan oldi

Nahotki?! Tramp Suriya prezidentini yo‘q qilmoqchi bo‘lganini tan oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha yil oldin Suriya prezidenti Bashar Asadni yo‘q qilish bo‘yicha operasiya tashkil qilishni targ‘ib qilganini oshkor etdi. Ammo oxir-oqibat u bu g‘oyadan voz kechdi.

"Men uni yo‘q qilish yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylagan edim. Biz tayyor edik. Biroq, Mettis (rejani muhokama qilish paytida Pentagonni boshqargan Jeyms Mettis) bu ishga qarshi edi. Mettis o‘ta yuqori tajribali general", dedi Tramp 15 sentyabr kuni Fox News’ga bergan intervyusida.

Ma’lum qilinishicha, prezident Asadni yo‘q qilish rejasi 2017 yilda ishlab chiqilgan. Tramp shuningdek, reja muvaffaqiyatli bo‘lishining kafolatlari yo‘qligini hisobga olib, uning amalga oshirilmagani uchun afsuslanmasligini ham ta’kidlab o‘tdi.

Amerika OAVning ta’kidlashicha, 2018 yilda Tramp Amerikaning Asadni yo‘q qilish rejalari haqidagi ommaviy axborot vositalarining xabarlari haqiqat emasligiga ochiqchasiga ishontirgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!