Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda qanday xushu’ qilganlar?

A A A
Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda qanday xushu’ qilganlar?

Xushu’ qiluvchilar imomi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda qay holatda turganlarini, u zot ibodatlari qanday bo‘lganini o‘qib-o‘rganish ham insonni xushu’ga undaydi, qalbida g‘ayrat-shijoat o‘tini yoqadi.

Mutarrif otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldilariga borsam namoz o‘qiyotgan ekanlar. Yig‘laganlari uchun ichlaridan xuddi qozonning biqirlashiga o‘xshash ovoz eshitilardi” (Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

Payg‘ambarimiz alayhissalom namozni xushu’ bilan o‘qirdilar. Qiroat vaqtida qalblari erib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilardi. Lekin u zot ovozlarini baland ko‘tarib yig‘lamaganlar. Ko‘zlaridan yosh qalqiganda suv biqirlab qaynashiga o‘xshash ovoz eshitilardi. Rasuli akram ba’zida mayyitga achinganlaridan, ayrim hollarda ummatlarini o‘ylab, gohida Alloh taolodan qo‘rqib, gohida Qur’on eshitib yig‘laganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz naqadar ulug‘ ibodat ekanini yaxshi bilganlar, xushu’-xuzu’ bilan namoz o‘qishni boshqalarga o‘rgatganlar. U zot ta’limlarini olgan sahobalar ichidan namozni qoyilmaqom o‘qiydigan obidlar yetishib chiqqan. Ularning bu salohiyati tobeinlarga, keyin tabaa tobeinlarga meros bo‘lib o‘tgan.

Rivoyat qilinishicha, Ubayd ibn Umayr ismli kishi Oisha onamizga: “Bizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ko‘rganingiz eng ajoyib voqeani aytib bering!” dedi. Shunda Oisha onamiz biroz sukut saqlab, keyin: “Tunlarning birida u zot: “Ey Oisha, meni xoli qoldir. Bu kecha Parvardigorimga ibodat qilmoqchiman!” dedilar. Men: “Allohga qasamki, sizga yaqin bo‘lgim keladi. Sizni xursand qiladigan narsadan men ham quvonaman”, dedim. Shunda u zot tahorat olib namoz o‘qishni boshladilar. Yig‘layverganlaridan qo‘ynilari jiqqa ho‘l bo‘lib ketdi. U zot o‘tirgandilar. Yig‘layverganlaridan soqollari ho‘l bo‘ldi. Keyin yana yig‘ladilar. Hatto ko‘z yoshlari yerga to‘kildi. So‘ng Bilol azon aytishga keldi. U zot yum-yum yig‘layotganlarini ko‘rib: “Yo Rasululloh, Alloh barcha gunohlaringizni kechirib yuborgan-ku!..” dedi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Shukr qiluvchi banda bo‘lmaymi?! Menga bu kecha bir oyat tushdi. Uni o‘qib tafakkur qilmagan (kimsa)ning holiga voy”, deb, “Albatta osmonlar va yerning yaratilishida...” oyatini oxirigacha tilovat qildilar”, deb aytdi” (Ibn Hibbon sahih sanad bilan rivoyat qilgan).

Bu rivoyatga ko‘ra, Nabiy alayhissalom tungi namozda “Oli Imron” surasining “Albatta osmonlar va yerning yaratilishida, kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun oyat-alomatlar bordir” oyatini o‘qib, qattiq ko‘z yosh to‘kkanlar.

Avf ibn Molik Ashjaiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Tunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan namozga turdim. U zot “Baqara” surasini o‘qidilar. Rahmat oyatidan o‘tsalar, duo qilardilar, azob oyatidan o‘tsalar, panoh so‘rardilar. Keyin qiyomda turgan miqdorda ruku’ qildilar. Ruku’da: “Subhaana zil jabaruvti val malakuvti val kibriyai val azoma”, dedilar. So‘ng qiyomda turgan miqdorda sajda qildilar. Sajdada ham xuddi shunday (duo) o‘qidilar. Keyin turib “Oli Imron”ni qiroat qildilar. Shundan keyin bir sura-bir suradan o‘qidilar” (Abu Dovud, Nasoiy rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi namozda uzun suralarni o‘qirdilar, qiyomda, ruku’da, sajdada juda uzoq turardilar, Allohning rahmati zikr etilgan oyatlardan o‘tsalar, duo-iltijo qilar, azob haqidagi oyatlarni o‘qiganda Allohdan panoh so‘rardilar.

Muslim ibn Mixroqdan rivoyat qilinadi: “Men Oisha roziyallohu anhoga: “Ey mo‘minlar onasi! Ba’zilar Qur’onni bir kechada ikki-uch martadan xatm qilishyapti”, dedim. Shunda u: “O‘sha odamlar Qur’on o‘qishibdi, ammo uqishmabdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi bilan ibodat qilib chiqar, “Baqara”, “Oli Imron”, “Niso” suralarini o‘qirdilar. Agar bashorat berilgan oyatdan o‘tsalar, duoga yuzlanar, umid qilardilar, (azob-uqubatdan) qo‘rqitiladigan oyatdan o‘tsalar, Allohga duo qilib panoh so‘rardilar”, dedi”.

Abu Salama ibn Abdurahmondan rivoyat qilinishicha, u Oisha roziyallohu anhodan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ramazondagi namozlari qanday edi?” deb so‘radi. Oisha: “U zot ramazonda ham, undan boshqa vaqtda ham o‘n bir rakatdan oshirmasdilar. To‘rt rakat namoz o‘qirdilar. Uning chiroyi, uzunligi haqida so‘ramay qo‘yaver. Keyin yana to‘rt rakat o‘qirdilar. Uning ham chiroyi, uzunligi haqida so‘rama. Shundan so‘ng uch rakat o‘qirdilar. Men: “Ey Allohning Rasuli, uxlashingizdan oldin vitr o‘qiysizmi?”, dedim. U zot: “Ey Oisha, albatta mening ikki ko‘zim uxlaydi, biroq qalbim uxlamaydi”, dedilar”, deb aytdi (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan).

Ushbu rivoyatga ko‘ra:

1. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ramazonda ham, boshqa vaqtlarda ham kechasi o‘n bir rakat namoz o‘qirdilar.

2. U zotning tungi namozlari nihoyatda chiroyli, o‘ta uzun bo‘lgan. Bu haqida so‘rashga, uni vasf etishga hojat yo‘q. Chunki ibodatlari juda go‘zal, mukammal ekani shundoq ko‘rinib turgan.

3. U zot alayhissalom uch rakat vitr o‘qiganlar.

4. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ko‘zlari uxlasa ham qalblar doim uyg‘oq bo‘lgan. Bu xususiyat payg‘ambarlargagina xosdir.

Asvaddan rivoyat qilinadi: “Men Oishadan: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam uylarida qanday yumushlarni bajarardilar?” deb so‘radim. Oisha: “U zot oila a’zolari xizmatida bo‘lar, agar namoz vaqti kirsa, namozga chiqardilar”, dedi” (Buxoriy, Termiziy, Ahmad rivoyat qilgan).

Muhammad sollallohu alayhi vasallam uy yumushlarida zavjalariga yordamlashardilar. Qachon namoz vaqti kirsa, namozga chiqardilar. Bu hammamizga o‘rnak bo‘lishi kerak. Uy ishlarida ayollarga ko‘maklashish, ularning ko‘nglini olish Payg‘ambarimiz sunnatlariga muvofiqdir.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz bilan gaplashardilar. Biz ham u zot bilan suhbatlashardik. Agar namoz vaqti kirsa, u zot bizni, biz esa u zotni tanimaydigandek tuyulardi”.

Namoz mo‘minning asosiy vazifasidir. Namoz paytida har qanday muhim ish ortga suriladi, ibodatdan so‘ng davom ettiriladi. Alloh taolo namozni vaqtida to‘kis ado etadigan kishi qalbiga xotirjamlik, ishiga unum, topganiga baraka beradi.

Ziyovuddin RAHIM,
“Namozda xushu’” kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.