Musulmon odam yer qimirlaganda nima qilishi kerak?

Musulmon odam yer qimirlaganda nima qilishi kerak?

2018 yilning 19 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:27da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi.

Zilzila episentri Tojikiston hududida, poytaxt Dushanbedan 450 km sharqda, Mug‘rob yaqinida joylashgan.

Zilzila magnitudasi M=5,3.

Zilzila chuqurligi N=108 km.

Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2,5-3 ballni tashkil etgan.

Respublikaning sharqiy hududlarida, Farg‘ona vodiysida ham zilzila kuchini sezishgan.

Bismillahir rohmanir rohim!

Allohga hamd, Rosulullohga salavotlar bo‘lsin!

So‘ng:

Yaqin kunlardan beri yerning silkinib qo‘yish hodisasi ko‘p takrorlanmoqda...

Bu hodisalar o‘z o‘zidan bo‘lmayotgandir...

Silkinishlar yer ustidagi inson qilmishlarining yer qalbidan chiqqan iztirob in’ikosidir, balki...

Zilzilalar, ofat va balolar nima uchun sodir bo‘ladi?

Islomiy manbalarda bu borada nimalar mavjud?

Zilzila chog‘ida biz nimalar qilishimiz lozim?

Shu xususda juda qisqa shaklda xulosalarni o‘rganib chiqsak!

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davrlarida yer qimirlashi bo‘lgani sahih rivoyatlarda sobit emas. Faqat ayrim tanqidga uchragan, sanadi sahih bo‘lmagan rivoyatlar bor:

Ibn Abu Shayba o‘zining “Musannaf”ida zaif mursal sanad bilan Shahr ibn Huvshabdan rivoyat qiladi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam davrlarida Madinada zilzila bo‘ldi. Shunda u zot: “Albatta Robbingiz sizlardan qiyinchiligingizni yengillatishni istaydi, shunday ekan Unga ibodat qilib qiyinchiliklarni ketkazishini so‘ranglar!” dedilar.

Bu rivoyatdagi Nabiy sallallohu alayhi vasallam aytganlar, deyilgan so‘zni ayni o‘zini Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytgani ham rivoyat qilingan. U zot Ko‘fada ekanlarida yer qimirladi, shunda: “Albatta Robbingiz sizlardan qiyinchiligingizni yengillatishni istaydi, shunday ekan Unga ibodat qilib qiyinchiliklarni ketkazishini so‘ranglar!” deydilar. Ushbu rivoyatda ham sanad uzulganligi illati bor. Buni Ibn Jarir Qatoda roziyallohu anhudan deb keltirgan. Qatoda esa Ibn Mas’udni ko‘rmagan.

Izzuddin ibn Abdussalom “Istizkor”da shunday deydi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallamning zamonlarida zilzila bo‘lgani to‘g‘risida sahih yo‘l orqali rivoyat sobit bo‘lmagan. Shu sababli zilzila bo‘lganida nima qilish sunnat ekani ma’lum emas”.

Lekin zilzilalar bo‘lishi borasida Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan ochiq ogohlantiruvchi hadislar kelgan. Imom Buxoriy rahimahulloh rivoyat qilgan hadisda Abu Hurayra roziyallohu anhu shunday deydi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ilm qabz qilinmagunicha, zilzilalar ko‘paymagunicha, vaqt qisqarib, fitnalar zohir bo‘lmagunicha Qiyomat qoim bo‘lmaydi!”

Bu hadisi sharifdagi vaqtning qisqarishi uning barakasi yo‘qolishiga ishoradi. Ilmning qabz qilinishi ko‘tarilishiga ishora. Ya’ni jaholat yoyilib, ilm ko‘tariladi. Zilzila esa zohir ma’noga ko‘ra yerning qimirlashidir. Ammo ayrim ulamolar bu hadisdagi zilzila kalimasini yer ustida sodir bo‘ladigan fitnalar deya tafsir ham qilishgan. Lekin bu kabi hadislardagi zilzila kalimasining ma’nosi zohiriy ekani quvvatliroqdir. Imom Buxoriy ushbu hadisni aynan “Fitnalar bob”ida keltirishdan maqsadi ham zilzila kalimasi zohiriy ma’noda ekanini quvvatlash uchun bo‘lgan. Ibn Rajab buni alohida ta’kidlagan va zilzilaning fitna ma’nosi ham borligini aytib, lekin to‘g‘rirog‘i yerning qimirlashi, chunki fitna bobida fitnani zikr qilinishi yana alohida ta’vil bilan uni zilzila deyishga ehtiyoj qoldirmaydi, degan.

“Qiyomat soati oldidan o‘lim shiddatla ko‘payadi, undan keyin zilzila yillari bo‘ladi”,dedilar Rasululloh sallallohu alayhi vasallam boshqa bir rivoyatda. Buni Imom Ahmad Salama ibn Nufayl Sukuniydan rivoyat qilgan.

Zilzila borasidagi hadislardan tushuniladigan ma’no shuki, Alloh taolo bu kabi jarayonlar orqali O‘z bandalarini ogohlantiradi. Qur’oni Karimda marhamat qiladi: “Biz oyat belgilarni faqat qo‘rqitish uchungina yuborurmiz”. ("Isro" surasi, 59-oyat)

Moddaparastlar bu kabi hodisalarni metofizik jarayonlar, deyishadi. Iymon ahli esa ushbu qonuniyatlar albatta uning yaratuvchisi bo‘lgan Zotga bo‘ysinishini biladi. Alloh taolo ushbu alomatlar ila bandalarini ogohlantiradi, isyon ahli tavbaga shoshilishi, tug‘yon ahli istig‘forga yuzlanishi lozim bo‘ladi. Hargiz Haq taolo bandalariga zulm qilmaydi, haqiqiy zolimlar bandalarning o‘zidir.

“Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba’zilari ustiga tosh yog‘dirdik, ba’zilarini qichqiriq ushladi, ba’zilarini yerga yutdirdik va ba’zilarini g‘arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘zlariga zulm etdilar”. ("Ankabut" surasi, 40-oyat)

Islom tarixida ilk yer qimirlashi Umar roziyallohu anhuning davrida sodir bo‘lgan. Bu hodisani Abu Bakr ibn Abu Shayba “Musannaf”ida, Nuaym ibn Hammod “Fitan”da, Ibn Abud Dunyo “Uqubot”da, Bayhaqiy “Sunan Kubro”da va boshqa muhaddislar ham o‘z asarlarida rivoyat qilishgan.

Ibn Umarning ayoli Sofiya aytadi: “Umar roziyallohu anhu davrida Madinada yer qimirladi hatto so‘ri qimirlab ketdi. Ibn Umar roziyallohu anhumo tik turgan holda edi, sezmadi. Tong otgach Umar roziyallohu anhu odamlarga qarab: “Ey insonlar! Nima bid’atlarni qilyapsizlar?! Agar yana (zilzila) qaytarilsa, qasamki, sizlarni (Madinadan) chiqarib tashlayman!” dedi.

Umar bu gapi bilan Madina ahlining ayrim ishlarda sustkashlik qilishganiga, gunohlar sodir bo‘lganiga ishora qilganini ulamolar aytishgan. Bu o‘rindagi bid’atdan murod Madinada sodir qilingan gunohlar edi. Chunki Madina ahli Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davrlarida gunohdan qattiq saqlanardi. Umar roziyallohu anhu gunoh sodir bo‘lishini Madinaga nisbatan yangilik-bid’at deb zikr qildi. O‘shalar sababidan balo ofatlar yoppasiga kelib qolishidan xavotir olgandi, Umar!

Nabiy sallallohu alayhi vasallam musibatlar haqida eslatganlarida u zotdan: “Ey Allohning Rasuli! Oramizda solihlar bo‘la turib barchamiz halokatga uchrashimiz mumkinmi?” deb so‘rashdi. Shunda u zot: “Ha, agar yomonlik ko‘paysa balo ommaga keladi, faqat Alloh taolo solihlarni niyatlariga ko‘ra tiriltiradi!” deb javob berdilar. (Muttafaqun alayh)

Demak, bu hadisi sharifga ko‘ra gunoh ishlar ko‘payib ketsa, fosiqlik haddan oshsa balo ofatlar ham yoppasiga kelishi, bunisi solih edi, mana bunisi esa obid edi, deya ajratmay, musibat ommaning ustiga yog‘ilishi mumkin ekani tushuniladi.

Umar roziyallohu anhu shuni his qilgandi, shundan qo‘rqqan edi...

Ibn Abbos roziyallohu anhumoning vaqtlarida ham yer qimirladi. Shunda u kishi huddi kun tutilganda o‘qiladigandek namoz o‘qidilar. Buni Abdurrazzoq “Musannaf”da Ma’mardan, u Qatoda va Osimdan, ular Abdulloh ibn Horisdan, u esa Ibn Abbosdan rivoyat qilganini keltirgan. Bu zilzila hodisasi Basrada bo‘lgan. Shunda Ibn Abbos namoz o‘qidi. Qunutni uzoq qildi. Keyin boshini ko‘tarib, yana qunutni uzoq qildi. Keyin ruku’ qildi, so‘ngra sajda qildi. Keyin ikkinchi rakatni huddi shu tarzda ado qildi. Uning namozi uch ruku’ va to‘rt sajdali bo‘ldi va: “Oyat-belgilar bo‘lganidagi namoz shudir”, dedi. Ma’mar aytadi: “Ba’zi ashoblarimiz menga xabar berishlaricha, Ibn Abbos birinchi rakatda “Baqara”ni, ikkinchi rakatda esa “Oli Imron”ni o‘qigan ekan”.

Shu ishni Aliy roziyallohu anhu ham yer qimirlaganda qilganlar. Ibn Abbosning qilgan ishlari sahih sanad ila rivoyat qilingan. Aliydan qilingan rivoyat sanadi borasida esa ayrim muhaddislar tanqidiy gaplarni aytishgan. Yana sahobalardan Huzayfa roziyallohu anhuning yer qimirlaganda alohida namoz o‘qigani rivoyat qilingan. Shu rivoyatlardan kelib chiqib Imom Ahmad roziyallohu anhu yer qimirlashi ko‘payib ketganida huddi kusuf namozi kabi namoz o‘qish shariatda bor amal, degan. Bu gapiga esa Nabiy sallallohu alayhi vasallamning o‘g‘illari vafotida kun tutilgani hodisasi sababidan aytgan gaplarini dalil qilgan. Nabiy sallallohu alayhi vasallamning jigarporalari Ibrohim vafot topganida kun tutildi. Odamlar: “Ibrohimning vafoti sababli kun tutildi!” deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Quyosh ham, oy ham Allohning oyat-belgilaridandir. Ular biror kishining o‘limi yoki hayoti uchun tutilmaydi. Shunday ekan, ularning tutulish hodisasini ko‘rsanglar namozga talpininglar!” dedilar.

Zilzila ham Allohning oyat-belgilaridan biridir. Shunday ekan u sodir bo‘lganida namoz o‘qish shariatda asosi bor amaldir.

Mardoviy “al Insof”da aytadi: “Hanbaliy mazhabidagi sahih gap shuki, zilzila bo‘lganida Kusuf namozi suratida namoz o‘qiladi. Bunga Kusuf namozining dalili dalil bo‘ladi. Hanbaliylarning aksar sohiblari shunga iqror bo‘lishgan”. (Il Insof, 2/449)

Imom Shofe’iy roziyallohu anhuning nazdida bu namoz jamoat shaklda o‘qilmaydi. U kishi buni sahobalardan vorid bo‘lmaganini sabab qilib keltiradi. “Umm”da shunday deydi: “Quyosh va oyning tutilishidan boshqa oyat belgilar sodir bo‘lganida alohida namoz o‘qilmaydi. Agar Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis bizning nazdimizda sobit bo‘lsa biz ham shuni aytamiz”. (Umm, 7/168)

Imom Navaviy “Majmu’”da aytadi: “Imom Shofe’iy aytadi: “Zilzila bo‘lganida jamoat bilan namoz o‘qishga buyurmayman, balki yakka shaklda o‘qishga buyuraman. Ashoblar bunday vaziyatda yakka tartibda namoz o‘qishni, duo va iltijo qilishni, g‘ofil bo‘lmaslikni mustahab ekaniga ittifoq qilishgan”. (Majmu’, 5/59)

Ibn Abdul Barr rahimahulloh “Istizkor”da naql qiladi: “Imom Molik zilzila paytida (jamoat) namozini mavjud deb bilmaydi. Molikiy fuqaholar zilzila bo‘lganida bitta sajda qilishni makruh ko‘rishadi. Ularning nazdida namoz o‘qish mustahab. Balki ularning mazhabi bu borada shofe’iylarning mazhabi bilan o‘xshashdir. Ya’ni zilzila vaqtida yakka yakka namoz o‘qish afzal, jamoat bo‘lib o‘qish to‘g‘ri emas...” (Istizkor, 2/418)

Abu Hanifa roziyallohu anhu aytadi: “Kim (zilzila paytida) namoz o‘qisa juda yaxshi ish qilibdi, o‘qimaganga esa xech qanday malomat yo‘q”.

Hanafiylarning nazdida zilzila sodir bo‘lsa alohida namoz o‘qish mavjud, faqat bu namoz Kusuf namozi kabi bo‘lmaydi. Balki oddiy boshqa namozlar kabi bo‘ladi. (AlFiqhul Islamiy va Adillatuhu, 2/397)

Ibn Taymiya rahimahulloh “Minhoj”da aytadi: “Alloh taolo bu kabi hodisalar bilan bandalarini qo‘rqitadi.

“...Biz oyatlarni faqat qo‘rqitish uchungina yuborurmiz”. ("Isro" surasi, 59-oyat)

Shuning uchun ham yulduzlarning to‘kilishi, zilzilalar va boshqa shu kabi hodisalar chog‘ida namoz o‘qish shariatda joriy bo‘lgan. Qo‘rqitish esa zilzila, qattiq bo‘ron kabi hodisalar bilan qo‘rqish kerak bo‘lgan yomonliklardan ogohlantirish orqali bo‘ladi. Yomonlik bo‘lmasa qo‘rqituv bo‘larmidi?!” (Minhoj, 5/445)

Xullas, ushbu rivoyatlar va fuqaholarimizning ijtihodlaridan bir qancha foydalarni olishimiz mumkin:

1. Zilzilalar, balo va ofatlar gunohlarning oshkora urchishi oqibatida bo‘lar ekan;

2. Alloh taoloning g‘azabi va tanbehi sifatida ham bu ishlar joriy bo‘larkan;

3. Ummat ichidagi ish boshilar, ilm ahllari bu kabi hodisalar sodir bo‘lganida xaloyiqni tavbaga chaqirishi, ularning istig‘forga undashi lozim ekan. Zotan Qur’oni Karimda bu umatning boshiga umumiy balolar yoppasiga yog‘ilishini oldini oladigan ikki sabab zikr qilingan. Biri Nabiy sallallohu alayhi vasallamning ummat orasida bor vaqtlari bo‘lsa, ikkinchisi bu ummat modomiki istig‘forda davom etar ekan Alloh taolo ularni azoblamasligini aytgan:

33. Modomiki sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas. (Anfol) Birinchi sababdan zohiran mahrummiz, ammo istig‘for imkoniyatimiz hali bor. Shunday ekan kunlik istig‘for virdimizni tashlab qo‘ymaylik;

4. Zilzilalar ko‘paysa musulmonlar yakka holda namoz o‘qishlari afzal amal ekan;

5. Agar gunohlar oshkora qilinib, fosiqlik tug‘yonga yuz tutsa balolar solih va obidlarni ajratmay barchaning boshiga ommatan kelishi mumkin. Shuning uchun ham gunoh va ma’siyatlardan to‘xtash, ularning chorasini ko‘rish barchaning ishi ekan;

6. Payg‘ambarimiz alayhis salom davrlarida bo‘lmagan ibodatni keyin joriy bo‘lishi modomiki Islom shariati maqsadlariga uyg‘un bo‘lsa bid’at bo‘lmas ekan. Zotan sahobai kiromlar shariatning asl maqsadlarini bizdan ko‘ra ancha teran anglashgan. Shu bilan birga Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobai kiromlarning fe’llari ham ergashiladigan sunnat ekanini alohida ta’kidlaganlar...

Alloh taolo umumiy va xususiy balolardan barchalarimizni O‘z panohida saqlasin! Yurtlarimizni vayronalikdan, qalblarimizni esa xarobalikdan asrasin!

Doimo istig‘for aytib, O‘ziga iltijo qilishimizda madadkor bo‘lsin! Amin!

Qalblar yumshaganda, ko‘zlar umid va xavf mavjidan namlanganida biz g‘ariblarni ham duo qilishni unutmanglar! Zotan bo‘layotgan hodisalar Robbimiz huzuriga qaytish juda ham yaqinlashib qolganini bildirib turibdi. Safarga esa tayyorgarligimiz ancha sust, najot uchun ko‘rsata oladigan amallarimiz deyarli yo‘q! Faqat g‘ariblik ko‘z yoshlaridan, valiylar bedorliklari va xossatan Rabbimizning marhamati kengligidan umidvormiz! Agar Parvardigor rahm qilmasa holimiz xarob, U O‘zi qo‘llamasa bizlar mag‘lubmiz!

Salotu salomlarimiz Muhammad Mustafoga bo‘lsin!

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Qodirovning ahvoli juda og‘ir: u voris qidirmoqda

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодировнинг соғлиғи ёмонлашаётгани республикада ҳокимият алмашинуви жараёнини фаоллаштирганини "Новая газета Европа" суриштируви маълум қилди.

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

“Zudlik bilan tark eting!” — Ukrainada xavfli hududlar bo‘yicha shoshilinch chaqiriq

Украинада эвакуация бошланди. Ҳар куни соат 8:00 да автобуслар кетади.

"El-klasiko"da "Real" hujumida kimlar o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

11 май куни "эл-класико" бўлиб ўтади, унда Ла Лига чемпионлиги тақдири ҳал бўлиши мумкин.

"Kosmos-482" Yerga qulamoqda

Яқин кунларда оғирлиги қарийб ярим тонна бўлган совет планеталараро космик аппарати Ерга қулайдиган бўлди.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Parad kuni Qizil maydonda hujum bo‘ladimi?

Жаҳон етакчилари бор жойга зарба? Киев бундай таваккал қилмайди.

Ramzan Kadirov o‘z lavozimidan ozod etilishini so‘radi

Бу ҳақда “Чечня сегодня” хабар берди.

Putin Yaponiyaning taslim bo‘lishini nishonlashga boradi

Россия президенти Владимир Путин ёз охири - куз бошида Хитойга ташриф буюради. Россия раҳбари Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг юбилейига бағишланган тадбирларда қатнашади.

Ozarbayjon firibgar O‘rinboyevni chiqarib yubordi

Тошкент талаб қилди — Боку топширди.

Rossiya NATOni ogohlantirmoqda: Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmasin!

Шимолий Атлантика иттифоқининг Жанубий Кавказдаги ҳар қандай ҳаракатлари "у ерда беқарорлик ҳудудини яратишга" қаратилган, деб таъкидлади Россия ТИВ расмий вакили Мария Захарова.

Dronlar hujumi tufayli Rossiya aeroportlari vaqtinchalik yopildi, ko‘lab reyslar kechiktirildi

“Аэрофлот” 7 май куни Москвадан учадиган 52 та рейсни ва Москвага йўналган яна 54 та рейсни бекор қилди, бу ҳақда компаниянинг онлайн таблосида эълон қилинди.

Hindiston “Sindur” operasiyasi orqali pokistonlik jangarilarning yangi terror hujumlarini oldini oldi

NDTV'нинг хабар беришича, Ҳиндистон “Синдур” операцияси доирасида 25 дақиқа ичида Покистондаги нишонларга 24 та ракета учирган.

AQSh Qizil dengizda ikkita qiruvchi samolyotini yo‘qotdi

АҚШ Денгиз кучлари маълумотига кўра, барча экипаж аъзолари қутқарилган, бир денгизчи жароҳат олган.

Pokiston mudofaa kuchlari Hindistonning beshta qiruvchi samolyotini urib tushirdi

Хавфсизлик кучларидаги манбаларининг даъво қилишича, гап уч нафар Rafale қирувчи самолёти, битта МиГ-29 ва битта Су-30 қирувчиси ҳақида кетмоқда

Tramp Ukrainaga yordamni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berdimi?

Хабар қилинишича, АҚШ президенти Хегсетнинг буйруғидан бехабар бўлган.

Evropa Ittifoqi Isroilning G‘azodagi yangi operasiyasini qoralaydi

Европа Иттифоқи Исроилнинг Ғазодаги ҳарбий амалиётини кенгайтириш режаларидан хавотир билдирди, бироқ Исроил расмийларига босим ўтказиш эҳтимоли ҳақида изоҳ бермади.

Hindiston va Pokiston o‘rtasida vaziyat keskinlashmoqda. Qurbonlar soni ortmoqda

Бу ҳақда Reuters агентлиги Покистон Қуролли кучлари матбуот котибига таяниб хабар бермоқда.

Toshkentda YTH oqibatida Epica avtomobili yonib ketdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Hindiston bahsli Kashmirdan tashqaridagi Pokiston shaharlariga zarba berdi

Покистон ҳарбийларининг нашрга маълум қилишича, зарбалар беш аҳоли пунктига — Котли, Аҳмадпур Шарқия, Музаффаробод, Баг ва Муридкега йўналтирилган.

Isroil harbiy-havo kuchlari Yaman poytaxti Sana shahridagi aeroportni to‘liq vayron qildi

Бу ҳақда Исроилнинг Каn радиостанцияси хабар бермоқда.

Hindiston Pokistonga raketalar bilan zarba berdi – nimalar ma’lum?

Ҳиндистоннинг зарбалари жавобсиз қолмайди, деди Покистон қуролли кучлари масъули

Xitoyda sayyohlik qayig‘i ag‘darilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Жами 84 киши сувга тушиб кетган ва 70 киши шифохонага ётқизилган.

“Kirpi 2025”: Estoniyada keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

“Кирпи 2025” – бу Британиянинг 4-бригадаси Эстония бўлинмаси таркибида шундай катта кучни жойлаштирган биринчи машқдир.

Qirollik dengiz floti boshlig‘i iste’foga chiqdi

Бу ҳақда Британиянинг Financial Times нашрига қироллик мудофаа вазирлиги маълум қилди.

Tramp: Kanada bizning 51-davlatimiz bo‘lishi kerak

"Биз Канада билан нима бўлишидан қатъий назар дўст бўламиз. Канаданинг мен учун алоҳида ўрни бор. "Канаданинг мудофаа харажатларини ошириш қарорини олқишлайман", - дея хулоса қилди АҚШ президенти.

Pokistonning Panjob viloyati ma’muriyati favqulodda holat e’lon qildi

Покистоннинг Панжоб вилоятида фавқулодда ҳолат эълон қилинди. Бу ҳақда минтақа ҳукумати раҳбари Бхагвант Манн баёнотига таяниб Реутерс хабар берди.

Ukraina 9 may kuni boshqa mintaqalarga zarba berishi mumkin, lekin Moskvaga emas

Муваффақиятнинг пастлиги сабабли Қизил майдонга ҳужум қилишга уриниш даргумон. "Кўриб турганингиздек, Россиянинг барча ҳаво ҳужумидан мудофаа тизимлари Москвани ҳимоя қилиш учун жойлаштирилган. Уриниш бўлса ҳам, муваффақиятга эришмайди".

Buyuk Britaniya va AQSh tariflarini kamaytirish bo‘yicha kelishuvga yaqin

Бу ҳақда Ҳисобот Financial Times газетаси икки давлат вакилларига таяниб хабар берди.

BMT Bosh kotibi: Dunyo Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilikka dosh berolmaydi

Бу ҳақда БМТ Бош котибининг расмий вакили Стефан Дюжаррик баёнотида айтилган.

ISPR: Hindistonning Pokistonga raketa zarbalari natijasida sakkiz nafar tinch aholi, jumladan 3 yoshli qiz halok bo‘ldi

Бу ҳақда ИСПР бош директори Аҳмад Шариф Чаудри Pakistan Daily газетасига таяниб маълум қилди.

Чехияда Иккинчи жаҳон уруши даврига тегишли хазина топилди

Чехия ўрмонида олтин тангалар, заргарлик буюмлари ва бошқа буюмларнинг катта коллекцияси топилди дея хабар бермоқда “Fox News”.

Ўзбекистонда ноқонуний қудуқ қазиганлик учун маъмурий жавобгарлик белгиланди

Бундан жисмоний шахсларнинг ўз эҳтиёжлари, шу жумладан, томорқа ер участкаларини суғориш учун сувдан умумий фойдаланиши мустасно.

Ҳиндистон ҳаво кучлари тунги зарбада тўртта масжидга ҳужум қилди

Бу ҳақда Покистон армияси матбуот хизмати вазифасини бажарувчи Хизматлараро жамоатчилик билан алоқалар (ИСПР) бош директори генерал-лейтенант Аҳмад Шариф Чаудри маълум қилди, дея хабар беради Pakistan Daily нашри.

Туркия Ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Покистонлик ҳамкасби Муҳаммад Ишоқ Дар билан телефон орқали суҳбатлашди

Суҳбат Покистон ва Ҳиндистон ўртасидаги сўнгги воқеаларга бағишланган.

Франция Европа тарихидаги энг йирик ҳарбий кема - янги PANG ядровий самолёт ташувчи кемасини қуришга тайёрланмоқда

2038-йилга келиб Франция ҳарбий-денгиз кучлари иккита ядро реакторига эга ва сиғими 78 минг тонна бўлган самолёт ташувчи кемани олишни режалаштирмоқда. Самолёт ташувчининг узунлиги 310 м, кенглиги 85 м бўлади. Унинг ҳаво гуруҳи ҳар хил турдаги 40 дан ортиқ самолётлардан иборат бўлади. Ҳаво мудофааси ва яқин мудофаа тизимлари, шу жумладан лазер тизимлари.

Москва–Таиланд самолёти Ўзбекистондан қайтиб кетди

Москвадан Пхукет (Таиланд)га учган самолёт Ўзбекистон осмонига келиб ортига қайтди.

Литва ва Латвия Вучич самолётига осмонни ёпди — Ғалаба кунига Москвага йўл тўсилди

"Вечерне Новости" газетаси хабар беришича, Литва ва Латвия Вучичнинг Ғалаба кунини нишонлаш учун Москвага йўл олган самолётига ўз ҳудудлари устидан учиб ўтишни тақиқлади.

Европа Иттифоқининг Россияга қарши янги санкциялар пакетида БАА, Вьетнам, Туркия, Сербия ва Ўзбекистон компаниялари нишонга олинган

Financial Times маълумотларига кўра, булар Россияга чекловларни четлаб ўтишга ёрдам бераётган 20 та фирмадан иборат.

Қодиров ўзини лавозимдан озод қилиш тўғрисидаги сўзларини тушунтирди

У "кўпчилик унинг баёнотининг маъносини тушунмаган"лигини айтди

Путин Япониянинг таслим бўлишини нишонлашга боради

Россия президенти Владимир Путин ёз охири - куз бошида Хитойга ташриф буюради. Россия раҳбари Иккинчи жаҳон урушидаги ғалабанинг юбилейига бағишланган тадбирларда қатнашади.

Арманистон қўшинлари Қизил майдонда пайдо бўладими?

Россия Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Мария Захарова Пашинян Ғалаба кунини нишонлашга таклиф этилганини маълум қилди.

Венгрия ЕИ режасига қарши: “Россия газидан воз кечиш — суверенитетга таҳдид

Венгрия Россия газини ҳимоя қилмоқда.

Сиртқи таълимга қабул тўхтатилади

Президент фармонига ko’ra, 2025/2026-ўқув йилидан бошлаб таълимнинг сиртқи шаклига қабул тугатилди.

Деновда руҳий хасталикка чалинган аёл ёш болани пичоқлаб ўлдирди

Бош прокуратура матбуот котиби Ҳаёт Шамсутдиновнинг маълум қилишича, қизча вафот этган.

Тошкентда икки автомобилда ёнғин содир бўлди

Ҳозирда ёнғин келиб чиқиш сабаблари ва етказилган моддий зарар миқдори бўйича суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Фарғонада Nexia-3 ва Tico тўқнашди ва ҳайдовчи вафот этди

2000 йилда туғилган ҳайдовчи Nexia-3 машинасини бошқариб кетаётиб, қувиб ўтиш қоидасини бузиб, қарама-қарши йўналишга чиқиб ҳаракатланган.

Ла Лига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди

Маълумотларга кўра, "Райо Вальекано" машғулот базасида спорт кийимлари, жумладан, ўйинчиларнинг кўплаб бутсалари ўғирлангани туфайли биринчи жамоа машғулотлари тўхтатилган.

Навоийдаги даҳшатли ЙТҲ: “Тезлик жуда юқори бўлган”

“Ҳайдовчи ҳаракат қоидаларини бузиб, юқори тезликда ҳаракатланган. Оқибатда ўзидан олдинда бўлган автомашинани қувиб ўтаётганда йўл четига чиқиб кетиб, ағдарилган.

Рэпер Р.Diddy иши юзасидан суд жараёни бошланади

Агар суд уни айбдор деб топса, рэпер умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилиниши мумкин.

Хьюстонда отишма: 15 киши яраланди, 1 нафари вафот этди

Оқибатда 16 ёшдан 40 ёшгача бўлган 15 киши ўқ жароҳатлари билан шифохоналарга етказилган.