2019 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekistonda ish bilan band aholining norasmiy sektordagi ulushi 1,1 foizga pasayib, jami mehnat resurslarining 58,2 foizini tashkil etdi. Mazkur holat, ya’ni norasmiy sektorda ishlayotganlar sonining kamayishi mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi marta ro‘y bermoqda.
Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodining 2019 yil kuzidagi holati bo‘yicha Jahon Banki e’lon qilgan hisobotda shunday ma’lumot keltirilgan.
Dokladda qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotida kuzatilgan o‘sish asosan infratuzilma va sanoatga kiritilgan investisiyalar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq.
«Asosiy savdo hamkorlarining iqtisodiy holati bo‘yicha prognozlar unchalik ham ijobiy bo‘lmasa-da, O‘zbekiston iqtisodining o‘rta muddatdagi istiqboli yuzasidan taxminlar ijobiyligicha qolyapti va bu – keng ko‘lamli islohotlarning davom etayotgani bilan izohlanadi», – deyiladi Jahon Banki hisobotida.
Ta’kidlanishicha, iqtisodiy o‘sish natijasida mamlakatdagi rasman tan olingan qashshoqlik darajasining biroz pasayishi kuzatilgan. Jumladan, 2017 yilda O‘zbekistonning 11,9 foiz aholisi qashshoq sanalgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 11,4 foizga tushgan. Shunday bo‘lsa-da, hukumat keltirgan bu rasmiy statistik ma’lumotlar nostandart metodlar bilan hisoblab chiqilgan.
Prognozlarga kelganda, Jahon Banki O‘zbekiston YAIM 2019-2020 yillarda 5,6 foiz atrofida o‘sishini, 2021 yilga borib esa o‘sish sur’ati 6 foizga yetishini taxmin qilgan.
«O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavf – global iqtisodiy holatning beqarorlashuvi ehtimolidir. Boisi mamlakatning ayniqsa asosiy savdo hamkorlari tashqi risklar qarshisida turibdi.
Ichki risk omillaridan esa kreditlash sur’atining yuqoriligi, bu monetar siyosatning samaradorligini pasaytirib, moliya sektorining barqarorligiga salbiy ta’sir qilishini keltirish mumkin. Qolaversa, davlat qaramog‘idagi korxonalar, bank sektori, qishloq xo‘jaligi va yerga egalik sohasidagi islohotlarning keyingi bosqichini ham ehtimoliy ichki risklar qatoriga kiritish mumkin», – deyiladi JBning yangi hisobotida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.