Mukarramlik taqvo bilan!

Mukarramlik taqvo bilan!

Qalblar xotirjam bo‘lib qolmay, doim xavotir va qo‘rquvda turishi uchun Alloh taolo amalning qabul bo‘lgan-bo‘lmaganligini bandalaridan berkitdi.

Inson umidni uzmasligi uchun Alloh taolo unga tavba eshigini ochib qo‘ydi.

Hech bir inson amali bilan g‘ururlanmasligi uchun Alloh taolo ibratning xotima bilan bo‘lishini joriy qilib qo‘ydi. Ya’ni kimning qandayligini uning xotimasiga, qandoq holda o‘lishiga – iymonli yoki iymonsiz holda vafot etishiga bog‘liq qilib qo‘ydi.

Agar shakl va jism ruhdan ko‘ra muhimroq bo‘lganida inson vafot etganida ruh yuqoriga ko‘tarilmagan, jasad esa tuproq ostiga dafn qilinmagan bo‘lardi.

Er yuzida qanchadan qancha mashhur kishilar bor, ular samoda e’tiborsizdir.

Er yuzida qanchadan qancha hech bir inson tanimaydigan kishilar bor, ular samoda mashhurdirlar.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

“Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Hujurot surasi, 13-oyat).

Ushbu oyatga ko‘ra, bandaning Alloh taolo huzurida yaxshi-yomonligining me’yori – taqvodir!

Har qancha taqvoli banda Alloh taoloning huzurida mukarramdir, har qancha taqvosiz kishi U Zotning huzurida mukarram emasdir.

Alloh taolo barchamizni taqvoli bandalaridan qilsin!

 

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!