Mudofaa vazirligi: Qo‘shma Shtatlar xavfli viruslarni o‘rganish uchun mamlakat tashqarisida 18 ta laboratoriya ochadi

Mudofaa vazirligi: Qo‘shma Shtatlar xavfli viruslarni o‘rganish uchun mamlakat tashqarisida 18 ta laboratoriya ochadi

Qo‘shma Shtatlar o‘ta xavfli virus va bakteriyalarni o‘rganish uchun mamlakat tashqarisida 18 ta biolaboratoriya ochishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining radiasiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlarda 25 ta operasion va uchta laboratoriya qurilmoqda, ular o‘ta xavfli virus va bakteriyalar bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

“Yaqin bir necha yil ichida yana 18 ta BSL-4 laboratoriyasini ochish rejalashtirilgan, ularning aksariyati AQSh milliy yurisdiksiyasidan tashqarida, Osiyo mamlakatlarida joylashgan bo‘ladi”, — dedi Kirillov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!