Moskvada 150 ga yaqin cherkov va ibodatxonaga bomba qo‘yilgani xabar qilindi

Moskvada 150 ga yaqin cherkov va ibodatxonaga bomba qo‘yilgani xabar qilindi

Moskva markazidagi 150 ga yaqin cherkov va ibodatxonalarga noma’lum shaxslardan go‘yoki bomba joylashtirilganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba TASSga xabar berdi. Xabarlar bu yil 20-iyun kuni nishonlanadigan eng muhim bayramlardan biri arafasida keldi.

"Barcha diniy binolar ko‘zdan kechirildi, portlovchi moslamalar yoki portlovchi moddalar topilmadi", dedi manba.

Hozir polisiya xabar yuborgan noma’lum shaxslarni qidirmoqda, tekshiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!