Moskva yaqinida uchuvchisiz samolyot urib tushirildi — Sobyanin va Rossiya Mudofaa vazirligi

Moskva yaqinida uchuvchisiz samolyot urib tushirildi — Sobyanin va Rossiya Mudofaa vazirligi

Moskva meri Sergey Sobyanin va Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya poytaxtidan janubda, Podolsk hududida dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

“Podolskdagi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchayotgan uchuvchisiz samolyotning hujumini qaytardi. Qoldiqlar tushgan joyda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronagarchilik va qurbonlar bo‘lmagan”, — deyiladi Sobyaninning telegramdagi kanalida.

Rossiya Mudofaa vazirligining qisqacha bayonotida aniqlik kiritishicha, samolyot tipidagi dron ertalab mahalliy vaqt bilan soat sakkiz yarimda urib tushirilgan.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!