Moskva go‘zali sobiq eridan janjal qilmaslikni so‘radi (video)

Moskva go‘zali sobiq eridan janjal qilmaslikni so‘radi (video)

“Miss Moskva - 2015” Oksana Voyevodina sobiq turmush o‘rtog‘i Muhammad Vdan omma oldida janjal qilmaslikni so‘radi.

Voyevodina sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘tgan yilning dekabr oyidan beri ko‘rishmaganligini ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, Muhammad V undan va farzandidan yashirinib, mojaroni keng ommaga oshkor qilmoqda.

“Men uning hatti-harakatlari uchun uzr so‘rayman. Umid qilaman, u obro‘si haqida o‘ylab, janjalni to‘xtatadi”, - deb yozgan u Instagram sahifasida.

“Miss-Moskva” go‘zallik tanlov g‘olibi va sobiq qirol o‘tgan yil noyabr oyida turmush qurishgan. Ikki oydan so‘ng  Muhammad V taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi.

21 may kuni oilada o‘g‘il farzand tug‘ildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qo‘yildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!