Moldova ukrainaliklarni Litvaga deportasiya qilmoqchi

Moldova ukrainaliklarni Litvaga deportasiya qilmoqchi

Litva tashqi ishlar vaziri Agne Bilotayte moldovalik hamkasbi Anna Revenko bilan uchrashuvda Ukraina fuqarolarini “ko‘chirish” masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vilnyus Moldovaga “ukrainalik qochqinlar oqimi”dan juda xavotirda, bu esa jinoyatlar ko‘payishi bilan kechmoqda.

“Biz Moldovaga qo‘limizdan kelganicha yordam berishga tayyormiz: ukrainaliklarni Litvaga joylashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish”, - dedi Bilotayte.

Litva Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Vilnyus Ukrainaning 2000 fuqarosini Moldovadan ko‘chirish majburiyatini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!