Mojaro: surxondaryolik ayolning qo‘lida bolta va Shavkat Mirziyoyevning surati (VIDEO)

Mojaro: surxondaryolik ayolning qo‘lida bolta va Shavkat Mirziyoyevning surati (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoning Sariosiyo tumanida ayol uyini “snosdan” bolta va Shavkat Mirziyoyev surati bilan himoya qilgani aks etgan video tarqaldi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, hodisa tumanning “Gulobod” mahallasida sodir bo‘lgan.

Prezident suratini ko‘ksiga bosgancha telefon orqali videomurojaat qilayotgan ayol shu kungacha istiqomat qilib kelgan uyini auksion orqali davlatga pul to‘lab sotib olganligini, bugun esa ushbu uydan haydab chiqarilayotganligini iddao qilmoqda.   

Uning ma’lum qilishicha, bir oz avval ham unga tegishli bo‘lgan boshqa bir uy shu tartibda tortib olingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!