Mobil telefonlarning foyda va zararlari haqida nimalarni bilasiz?

Mobil telefonlarning foyda va zararlari haqida nimalarni bilasiz?

Mobil telefon nima?

Mobil telefon asosan ovozli aloqa uchun mo‘ljallangan portativ aloqa qurilmasi bo‘lib, hozirgi vaqtda radioaloqa o‘rnatishdagi eng keng tarqalgan vosita turidir. Olimlar uzoq vaqt davomida olib borayotgan tadqiqotlari orqali mobil telefonlarning elektromagnit nurlanishi bizga qanday ta’sir qilishini aniqlashga harakat qilmoqdalar. Tadqiqot natijalari telefon nurlanishi butun tanamizga ta’sir qilishini ayniqsa, elektromagnit nurlanish ba’zi sabablarga ko‘ra, immuniteti zaif odamlarga va bolalarga zararli ekanligini ko‘rsatmoqda.

Mobil telefonning inson ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham alohida ta’kidlash kerak. Ko‘z mushaklari miyamizga aniq tasvirni etkazish uchun nomutanosib ravishda katta kuch sarflashi kerak, ayniqsa mobil chat yoki mobil o‘yinlar haqida gap ketganda, xabarlarni ko‘rayotganda yoki internet sahifalarini kuzatayotganda, inson doimo telefon ekraniga diqqatini qaratishi kerak. Shuningdek, mobil telefonlar eshitishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Uzoq muddatli suhbat davomida quloq, quloq pardasi, qo‘shni to‘qimalar va miyaning qo‘shni sohalarida haroratning oshishi kuzatiladi. Albatta, ko‘pchiligingiz uzoq suhbatdan keyin qulog‘ingizda iliqlik hissi paydo bo‘lganini sezgan bo‘lishingiz mumkin. Bu telefon uzatgichi tomonidan yaratilgan elektromagnit maydonning ta’siridan boshqa narsa emas.

Yuqorida keltirilgan zararli omillardan keyin mobil telefonni yomon deb o‘ylashingiz mumkin, lekin har bir narsaning o‘ziga yarasha afzalliklari bor. Mobil qurilmaning asosiy foydali xususiyatlari shundaki siz internet orqali yangi ma’lumotlarni olishingiz, istalgan vaqtda oila, do‘stlar, tanishlaringizga qo‘ng‘iroq qilib, yordam yoki hol-ahvol so‘rashingiz mumkin. Mobil telefonlarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan videomonitoring dasturlari esa odamga istalgan vaqtda o‘z uyida nimalar bo‘layotganini va shu orqali o‘z mulki xavfsizligini kuzatishga imkon beradi.

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, mobil telefonlarning kamchiliklari ham, afzalliklari ham bor. Mobil telefonlardan foydalanish albatta yaxshi, faqatgina meyorga rioya qilgan holda, shuningdek, uning inson ayniqsa, yosh bolalarning salomatligiga salbiy ta’sirini yodda tutish lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!