Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalar partiyasi yetib keldi

Misrdan O‘zbekistonga navbatdagi dori vositalar partiyasi yetib keldi

Kecha «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” dori vositasining oltinchi partiyasin Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur aksiyani O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi va «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tashkil etgan bo‘lib, ushbu yukning yurtimizga olib kelinishi O‘zbekiston va Misr o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasidir.

Umumiy hajmi 17 mingdan ortiq “Daklatasvir” dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Ta’kidlash lozimki, Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bilan

2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarini yurtimizga bepul yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!