Al Jazeera telekanali Misrda jurnalist Mahmud Husayn kutilmaganda ozodlikka chiqarilganini ma’lum qildi. Jurnalist to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri sudsiz va hech qanday ayblovsiz hibsda saqlanib kelayotgan edi.
Mahmud Husayn Misr fuqarosi hisoblanadi. Uning ozodlikka chiqarilishi haqida hech qanday rasmiy izoh berilmadi.
Jurnalist 2016 yilning dekabrida Qohirada, ta’til paytida oilasining oldiga kelganida ushlangan edi. U 15 soat davomida advokatsiz so‘roq qilingach, qo‘yib yuborilgan, biroq bir necha kundan keyin yana qo‘lga olingan. Avvaliga u yolg‘on xabarlar tarqatish va davlatning obro‘sini tushirish uchun xorijiy davlatlardan pul olganlikda ayblandi, biroq rasman ayblov e’lon qilinmadi.
Jurnalistni hisbda ushlab turish muddati o‘n martadan ortiq uzaytirilgan, bu esa ham Misr qonunchiligi, ham xalqaro qonunlarga ziddir.
Al Jazeera Mahmud Husaynning qo‘yib yuborilishi uchun katta kampaniya olib bordi. Jurnalist ushbu telekanalda avvaliga 2010 yilda Qohiradan turib, keyin esa Doxadaishlay boshlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.