Misrda tilla tilli mumiyo topildi

Misrda tilla tilli mumiyo topildi

Misr shimolida olib borilgan qazilma ishlari paytida arxeologlar tilla tilli mumiyoni topdi. Ushbu topilma 2000 yillik tarixga ega deb yozmoqda «Daily News Egypt» gazetasi.

Mumiyo Iskandariyadan g‘arbdagi Taposiris Magna ibodatxonasida yaxshi saqlanmagan 16 ta qabr orasidan chiqqan. Topilma mamlakat tarixida yunon-rim davrida keng tarqalgan misrliklarning dafn marosimidan dalolat berib turibdi. Olimlarning ma’lum qilishicha, qadimgi Misr e’tiqodlariga ko‘ra marhum Yer osti xudosi — Osiris bilan suhbatlasha olishi uchun mumiyo folgadan yasalgan oltin til bilan bezatilgan.

Bundan tashqari, bir guruh olimlar papirus yoki zig‘irning shuvalgan qatlamlaridan yasalgan zarhal qobiqqa o‘ralgan ikkita mumiyoni topdilar, deb yozadi «Smithsonian Magazine». Ulardan bittasiga kobra va shoxlar bilan bezatilgan toj kiydirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!