Misrda poyezdlar to‘qnashuvida 32 kishi halok bo‘ldi

Misrda poyezdlar to‘qnashuvida 32 kishi halok bo‘ldi

Misrning Taxta shahrida ikki poyezd bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Egypt Today.  

«Poyezdlarning to‘qnashuvi natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, 66 kishi esa jarohat oldi», - deyiladi Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Xolid Mugaxedaning RIA Novostiga bergan xabarida.

To‘qnashish Misr janubida harakatlanayotgan  ikkita yo‘lovchi poyezdi o‘rtasida ro‘y bergan.

Reuters agentligining xabar berishicha esa, 49 kishi halok bo‘lgan, 90 dan ortiq kishi jarohat olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!