Misr aholisi bir million nafarga ko‘paydi. Bu yaxshimi yoki yomon?..

Misr aholisi bir million nafarga ko‘paydi. Bu yaxshimi yoki yomon?..

2020 yilning 11 fevralida Misr aholisi 100 million kishiga yetgani xabar qilingandi. Oktyabr oyiga kelib Misrda aholi soni 101 million kishi yetgani haqida e’lon qilindi. Bu, misrliklar sakkiz oydan kamroq muddat ichida bir million kishiga ko‘payaganini anglatadi.

Milliy aholi qo‘mitasining sobiq muxbiri Amr Hassanning aytishicha, aholi sonining haddan ziyod oshib ketishi Misr hukumati uchun katta muammo hisoblanadi. Chunki bu holat tabiiy resurslarning yetishmovchiligiga olib kelishi va mamlakat byudjetiga jiddiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Hassanning so‘zlariga ko‘ra, Milliy aholi va rivojlanish strategiyasi hisob-kitoblari bo‘yicha Misr aholisi 2020 yilga qadar 94 million kishiga yetishi kerak edi. Ammo aholining tabiiy o‘sishi bu taxminlardan ancha baland bo‘ldi.

“Agar vaziyat Milliy aholi strategiyasida ko‘rsatilgan darajada o‘sganda, Misr aholisi 2030 yilgacha 110 million kishiga yetgan bo‘lardi. Lekin yangi taxminlarga ko‘ra, o‘n yildan keyin aholi soni 119 million kishiga yetadi. Bu esa hukumat mazkur muammoni hal qilish uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishi kerakligini anglatadi”, — deydi Hassan.

Bosh Vazir Mustafo Mabduli Misr-Yaponiya qo‘shma universitetining ochilish marosimida qilgan nutqida Misr aholisining o‘sishini Germaniya aholisi bilan solishtirdi. 1995 yilda Misrda 62 million kishi yashagan bo‘lsa, o‘sha paytda Germaniyada 83 million kishi bor edi. Bugun esa Misr aholisi 100 milliondan oshib ketdi. Lekin, Germaniyadagi odamlarning soni o‘zgarishsiz qolib, hozir ham 83 million kishini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!