Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan Germaniyaga jo‘nab ketdi.

Prezident 28-30 sentyabr kunlari amaliy tashrif bilan Berlin shahrida bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Olaf Shols va prezident Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvlari rejalashtirilgan.

Mamlakat yetakchisi Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ishbilarmonlik tadbirlarida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston prezidentining joriy yil may oyidagi Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan investisiyaviy, innovasiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan birinchi rasmiy tashrif bilan Germaniyada 2019 yil bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev may oyida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning taklifiga binoan tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!