Mirzaobod tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Mirzaobod tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod hamda DXXning Oqoltin tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.B. boshqa bir fuqaro X.ni Toshkent davlat politexnika institutidagi tanishlari orqali ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!