Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev «o‘tgan yillar uchun» yoshlardan uzr so‘radi

Mirzaobod tumani hokimi Jonibek Yariyev «o‘tgan yillar uchun» yoshlardan uzr so‘radi

Mirzaobod tumani hokimligi majlislar zalida bugun "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tumandagi maktablarda a’lo baholarga o‘qiyotgan jamoatchi yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Tuman hokimi bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan shart - sharoitlar to‘g‘risida tushuntirish berar ekan, yoshlarni bugungi muammolari hamda takliflari bilan ham tanishdi.

Muloqot davomida yoshlar bilan shu paytgacha yaqindan kam muloqotda bo‘lganligi uchun tuman hokimi yoshlardan uzr so‘radi. Yoshlarning talab va takliflari asosida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir yakunida Matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari joylarga borib yoshlar bandligi hamda, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganliklari bilan tanishish jarayonida tug‘ilgan savollari bilan murojaat qildilar.

Tuman hokimi Jonibek Yariyev barcha savollarga atroflicha tushuntirish bilan javob berar ekan, bugungi yoshlar hamda OAV vakillari bilan bo‘lgan samimiy suhbat ko‘p yaxshi g‘oyalarga turtki bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tuman hokimi uchrashuv so‘ngida yoshlarning yaxshi o‘qib bilim olishga targ‘ib etarkan, bu yil eng yuqori o‘rin bilan Oliy o‘quv yurtiga kira olgan yoshga 
«Monoblok» oxirgi versiyasini sovg‘a qilishini e’lon qildi.

Mirzaobod tumani hokimligi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!