Mirza Azizovning Zangiota shifoxonasidan norozi bo‘lib yozgan maktubi e’lon qilindi

A A A
Mirza Azizovning Zangiota shifoxonasidan norozi bo‘lib yozgan maktubi e’lon qilindi

Xabaringiz bor, joriy yilning 16 aprel kuni o‘zbek kinosi va teatrining zabardast aktyori, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov koronavirus xastaligiga chalinib, vafot etdi. Aktyor bungacha Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi koronavirus bemorlarini davolashga ixtisoslashgan shifoxonada davolanayotgan edi. Ikki haftadan ortiq ushbu shifoxonada yotib, sog‘ayish o‘rniga ahvoli og‘irlashgan Mirza Azizov o‘limidan bir necha kuni avval shifoxonadagi muhit va sharoitlardan shikoyat qilib, O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayevga ko‘mak so‘rab, maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda qalampir.uz yozmoqda.

Shuhrat Rizayev Mirza Azizovning vafoti oldidan yozgan maktubi haqida kecha, 21 aprel kuni “Hurriyat” gazetasida chop etilgan maqolasida so‘z yuritgan.

“O‘ninchi aprel kuni tushdan keyin qo‘l telefonimga qayta-qayta qo‘ng‘iroq bo‘ldi, xabar yuborildi. Ochsam, Mirzaxondan xabar: “Assalom alaykum Shuhrat akajon! Menga ko‘p yordam bergansiz, yana bir yordam qiling. 18 kundan beri koronavirusga chalinib, Zangiotada yotibman. Sakkiz kishilik xonada – “Achavot”daman go‘yo. Shovqin, baqir-chaqir ichidaman. Ketib qoladiganga o‘xshayman. Biron rahbarlarimizga ayting, meni sharoiti tuzukroq joyga o‘tkazib berishsin, ayolimni chaqirishsin, menga Tojibar o‘zi qaramasa, boshqa birov qarolmaydi. Jon aka, akalik qiling!”, degan Shuhrat Rizayev marhumning shikoyatlarini yodga olib.

Maqolada yozilishicha, Shuhrat Rizayev marhumning xabarini o‘qib, O‘zbekiston Prezidentining sohaga mas’ul maslahatchisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Maslahatchining aralashuvidan so‘ng, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov yaxshi sharoitli alohida xonaga olingan. Ammo o‘sha kunlar san’atkorning qand kasali sabab vaziyat nihoyatda xatarli tus olib bo‘lgan.

“Titrab ketdim. Doniyorning bevaqt o‘limi alami arimay, bu xabar kelib turibdi. To‘rt-besh oy oldin o‘zim ham shu “tojdor baloi zarra”ga duchor bo‘lganim   va yigirma kundan ortiq hadik-xavotirda azobli o‘ylarni boshimdan o‘tkazganim uchun Mirzaxonning faryodini ichdan his qildim. Vaziyatni anglab, Prezidentimizning shu sohalarga mas’ul maslahatchisiga qo‘ng‘iroq qildim. U kishi bexabar ekanini bildirib, darhol Zangiotadagi kasalxona bosh vrachini izlashga tushdi. Shukurki, shu aralashuvdan so‘ng ikki soatlarga yetib-etmay xabar keldi — Mirzaxonni yaxshi sharoitlik alohida xonaga olishibdi, ayolini chaqirtirishibdi. Kechroq o‘zi yana telefon qilib, minnatdorlik bildirdi. Men “boshidan o‘tkazgan tabib” deganlaridek, o‘z “tajribam”ni aytib, ko‘kragini yerga qaratib yotishini tayinladim. Mirzaxon shu alp gavdasiga boladay sodda, beg‘ubor, ishonuvchan, hammaga yaxshilik sog‘inib yuradigan samimiy yigit edi. Aytganlarimni qilibdi. Ammo o‘sha kunlar harorati ko‘tarilib, o‘zini yomon his qila boshlagan, boz ustiga qand kasali bor ekan, u bilan qo‘shilib, vaziyat nihoyatda xatarli tus olgan…

Tojibar telefon qiladi, yig‘lab turib “Aka, Mirzakamni opqolaylik, ahvollari juda og‘ir, vrachlar ham umidli gap aytishmayapti, qandlari 27 ga ko‘tarilibdi, o‘pka nafas olishi 66 ga tushib ketibdi. Shundayam meni apparatga solishmasin, bo‘g‘ilib ketyapman shundoq ham, deb turibdilar…” Soat tungi o‘nlardan oshgan. Kimga dod deb boraman, shu paytda… Oxiri, qo‘l telefon raqamini topib, yana bir katta rahbarlarimizdan biriga qo‘ng‘iroq qildim. U nomini aytishim bilanoq, “xabarim bor, har soatda bizga axborot berilyapti, biz Samarqanddamiz, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘sha kasallardan bevosita xabardor bo‘lish uchun Toshkentga qaytib ketdilar, Prezidentimiz shaxsan o‘zlari nazoratga olganlar, barcha choralar ko‘rilyapti, ammo kasalning ahvoli o‘ta og‘ir” dedi.

Tojibarga qo‘ng‘iroq qildim, aytdim bo‘lgan gaplarni, u ovozli xabar yozib, shu gaplarni Mirzakamga eshittiraylik, dalda bo‘ladi dedi. Mirzaxonning salomatligi shaxsan oliy rahbarning nazoratida ekanini aytib, ovozli xabar yubordim. Ertan borib, shifokorlari bilan uchrashishni rejalashtirdim. Biroq afsus, ming afsuski, ertasi – 16 aprel kuni o‘lim mujdasi keldi”, deb yozadi Rizayev.

Muallifga ko‘ra, marhum Mirza Azizov Qashqadaryo safarida koronavirus dardiga duchor bo‘lgan. Qaytgach esa oila a’zolari ham kasallangan.

“Fathulla Ma’sudov Xorazmga, Mirzaxon esa Qashqadaryo safariga borib kelib, shu dardi bedavoga duchor bo‘lib o‘tdilar. Hamsafarlarining aytishicha, Qashqadaryoda dalayu dashtni kezib, hatto bog‘chalargacha borib uchrashuvlar o‘tkazilibdi. Mirzaxon o‘zi Toshkentdan ketishda biroz xastalanib turgan ekan. Safarda xuruj zo‘rayib, poyezdda kela-kelguncha harorat olovida yongan. Kelgach, bu gazanda virusni ayoliyu bolalariga ham yuqtirib, butun oila ichi bilan Zangiotadagi kasalxonaga tushgan”, deydi Rizayev aktyorning shifoxonaga tushguncha o‘tkazgan kunlarini xotirlab.

Shuhrat Rizayev maqolada san’at va madaniyat sohasi vakillarini ijtimoiy himoya qilish tizimi qoniqarsiz holatda ekaniga ham to‘xtalib, koronavirus blaosidan vafot etgan san’atkorlarni eslab, shunday deydi:

“Xo‘sh, buning savol-javobi bormi? Ma’naviyat, madaniyat, san’at ahlini muntazam ijtimoiy hi­moyada saqlaydigan tizim bormi o‘zi?! Yurtboshimizdan barcha ahli adabiyot va san’at dildan minnatdorki, mamlakatimizda bu sohalar rivojiga favqulodda imkoniyatlar yaratilmoqda, oliy farmonu qarorlar qabul qilinib, muhtasham muassasalar barpo etilmoqda. Ammo “shunday Vatanimiz bo‘la turib”, o‘shanday go‘zal muassasalarni obod etguvchilarga quyida e’tibor o‘shandaymi? Nahotki beistisno har kuni televideniye kanallarining kamida to‘rt-beshtasida turli serial va ko‘rsatuvlarda chiqib turgan, bugun Respublika ahliga taniqli qiyofani zangiotalik shifokorlar taniyolmagan bo‘lsa? Jilla qursa, ko‘zdagi adabiyot-san’at ahlini ko‘z qorachig‘idek asrab bilaylik. O‘zbekning onasi Farmonbibining Sottixon kelini Dilbar Ikromovayu Abdurayim Abduvahobovdek “shum bola”sini, Fathulla Ma’sudu Mirza Azizovini yana qachon tug‘arkin-a?!”

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston xalq artisti, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri direktori Mirza Azizov 16 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Turkiyada Ukraina tomonidan Rossiyaga qarshi ishlatilgan dronlari topildi

Дрон маҳаллий аҳоли томонидан топилган ва улар бу ҳақда расмийларга хабар беришган

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

Tramp Eronga 48 soat vaqt berdi

Бу ҳақда Трамп ўзининг Truth Social платформасида хабар қолдирди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди