Milliarder koronavirusdan tuzalgach million peso hadya qildi. Ammo uni qanday taqsimlashi noma’lum

Milliarder koronavirusdan tuzalgach million peso hadya qildi. Ammo uni qanday taqsimlashi noma’lum

Meksikalik milliarder Rikardo Salinas Pliyego o‘z banki («Azteca») mijozlariga million peso (taxminan 47 ming dollar) hadya qilishga qaror qildi. 

«Bugun 1 million peso hadya qilish istagi bilan uyg‘ondim, pullar sizning «Banco Azteca» ilovangizga o‘tkazib beriladi. Pullarni taqsimlashda yordamingiz kerak: 1000 pesodan 1000 ta o‘tkazma, 5000 pesodan 200 ta o‘tkazma yoki 10 000 pesodan 100 ta o‘tkazma — qay biri ma’qul?», — deb yozdi Salinas «Twitter»da.

Ijtimoiy tarmoqdagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, «Salinas Group» asoschisi va rahbari (telekommunikasiyalar, ko‘ngilochar biznes, transport, moliya va savdo xizmatlarida ulushlarga ega) 10 000 pesodan 100 ta o‘tkazmani qanday taqsimlashini dushanba kuni ma’lum qilishini aytdi.

«Forbes» ro‘yxatida turuvchi milliarderning aksiyasini tanqid qilganlar ham bo‘ldi, ular pullarni shunchaki sovurgandan ko‘ra, saratonga chalingan bolalarga yoki oziq-ovqat fondiga yordam berishga chaqirishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!