Millatni yechintirayotgan illatlar

A A A
Millatni yechintirayotgan illatlar

Quyida so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan hodisa yuzasidan Muazzam Ibrohimova tomonidan e’lon qilingan maqola ayrim o‘zgartishlar bilan keltirilmoqda

1982 yil. Hali yigirma yettiga ham kirmagan hudud nozirini avval o‘n besh yillik qamoq jazosiga, so‘ng otuvga hukm qilishdi. Olti oylik o‘g‘li va ikki yoshga ham yetmagan qizalog‘i shok holatidagi xotinining qo‘lida chirqirab qolgan milisioner   xizmat joyida ikki kishini otib o‘ldirgan edi. Sudda so‘z berishganida faqat bitta jumlanigina aytdi:

– Qilgan ishimdan pushaymon emasman. Men millat sha’nini himoya qildim. 

Voqeaga guvoh bo‘lganlar va ularni himoya qilganlar ham kazo-kazolar, shu bilan birga ma’naviy, maishiy buzuq odamlar edi. O‘shanda yetti yoshli qiz edim. Bo‘layotgan voqealarni unchalik tushunmasam-da, qarindosh, qadrdonlarning yuzida aks etgan g‘am va seldek oqqan ko‘z yoshlardan shuni angladimki, sud hovlisidagi o‘rik shoxiga ilingan  belanchakda yotgan Bahodirning dadasi “aybdor” edi...

Tarixni titkilab, vaqtingizni olish niyatim yo‘q, lekin kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘zim tushib, yana yaram yangilandi. Agar bu mavzuda yozmasam bejanoza, bekafan ko‘milib ketgan milisiya serjantining xotirasiga  nisbatan haqorat bo‘lar edi.

Ayolni yechintirib, haqorat qilgan, ikki dunyosi kuyib ketgan maxluq qaysi onadan tug‘ilgan ekan? Undaylar yashashga, bu dunyoda nafas olishga noloyiq! Bu kimsaning ish faoliyatidan atigi yarim soatigagina guvoh bo‘lib, qanchalik nafratlanyapmiz. Uning bu kungacha qilgan razilliklari qancha ekan? Eski tuzumning tergov izolyatorlari, qamoqxonalardan omon chiqqan jabrdiydalar aytib bergan “strashilka”larning haqiqatligi bu videosiz ham o‘z isbotini topgan. Bolasini melisa, MXXga chaqirsa infarkt, insultga chalingan, jigarporasi mash’um dargohga yetmay omonatini topshirgan ota-onalar qancha?! Qachongacha mazax, masxara bo‘lib, huquqlarimiz toptalib yashaymiz? Adolat, haqiqat va millat sha’nini himoya qilishi kerak bo‘lgan mard o‘g‘lonlarimiz esa millat g‘ururini bulg‘ashyapti. Kecha videoda basharasi ko‘rinmagan hayvonni xizmat joyida adekvat holatda bo‘lganiga ishonmayman. U ruhiy kasal yoki  biror narsa tortib olgani aniq! Shunday bo‘lmasa, avratini yopishga urinib  yalinayotgan, kalta ishtoniniga qo‘l cho‘zib javdiragan ojizaning o‘rnida xotini, qizi yoki dunyoga keltirgan onasini tasavvur qilib, manfur ishga aslo qo‘l urmasdi. Hali-ku o‘g‘rilikda gumon qilinibdi, davlat xavfsizligiga tahdid qilgan insonni ham bu shaklda xo‘rlab, sha’nini toptashga hech kimning haqqi yo‘q!

Video tarqagach, bechora xotinga malomat toshini otib, “o‘lsa ham yechinmasligi kerak edi” deyayotgan hamyurtlarim ham topildi. To‘g‘ri, biz ojizalarning sha’ni hamma  narsadan ustun! Ajal soya solganida ham nomusimizni asrashimiz  shart! Men u ayolni tanimayman. Nima sababdan o‘g‘rilikka qo‘l urgani ham noma’lum. Ammo shunisi aniqki, u ko‘cha ayoli yoki pixini yorvorgan qonunbuzar emas! Beti qotib ketgan residevistlar yalintirmaydi. Shart-shart yechinib, tezroq qutulish ilinjida haligi iflosning nafsini qondirishi yoki sherday tashlanib buyruq berayotganning o‘zini yechintirib tashlashi mumkin! Videodagi hamjinsim esa xom! U qarshisida turgan  odamsifat bir baloning keyingi xatti-harakati qanday bo‘lishidan qo‘rqib, balki    uyida qolgan bolalarini o‘ylab buyruqqa qarshi isyon eta olmagani ayon-ku!

O‘zimga kelolmayapman. Palag‘da ovozigina eshitilgan isqirtni tarbiyalayotgan jamiyatda yashayotganimdan nafratlanib ketyapman. Bu iflosliklar qachongacha davom etadi? Kechagina to‘rt yashar go‘dakka tajovuz qilgan pedofil haqida o‘qib dilim larzaga kelgan edi. Keyin Turkiyaning qaysidir shaharchasida o‘z jiyanining nomusiga tegib o‘ldirib yuborgan tog‘a otliq haromining qilmishi... Ortidan bu video! Qiyomatni yaqinlashtirayotgan voqealar ildizi, ularning sabablari qayerda? Balog‘atga yetgan, yetilgan ayollargina emas, og‘zidan sut ta’mi ketmagan qizchalarni ham yechintirib,  zo‘rlab, xo‘rlayotgan Xudobexabarlar qayerdan paydo bo‘lyapti?

Keling, ularni tahlil qilishga urinib ko‘raylik. 

1. Bolaligimizda mahalla erkaklari o‘tirgan choyxona oldidan o‘tishga qo‘rqardik. Garchi boshimizda durra, to‘pig‘imizga tushib turadigan lozimcha kiysak ham, qishloq QONUNini buza olmas edik. Agar shunday qilsak, oshna-og‘aynisining davrasida  mulzam bo‘lib qolgan dadam bizni koyib berardi. Chunki shirakayf jo‘rasining  “Qizing katta bo‘lib qolibdi, o‘n yillardan so‘ng quda bo‘lar ekanmiz-da?” degan  gapi ham maqtov emas, haqoratday eshitilardi. Uyga begona erkaklar mehmon bo‘lib  kelsa-chi? Ketguncha ko‘zga ko‘rinmay, ovozimizni ham chiqarmasdik. Hozir-chi? Qizlarini bozorga soladigan otalarni kinoda, kliplarda targ‘ib qilyapmiz. Zamonaviy  kiyimlarida ko‘kragi, soni tirsillab turgan balog‘atga yetgan qiz otasining o‘rtog‘i  oldiga bemalol kirib keladi. Ko‘zini lo‘q qilib,  “shu qizingni o‘zim kelin qilaman”  desa, og‘zi qulog‘igacha cho‘zilib, “odobli” qizining tarbiyasidan mamnun irshayib o‘tirgan ota bo‘lmishlar – zamonamiz qahramonlari! Ularning ekrandagi qiyofasini esa  el suygan xalq artistlari yaratyapti!

2. Maktabda o‘g‘il-qizlar aralash o‘ynamasdik. Qizlarning o‘z o‘yinlari, yigitlarning  o‘z mashg‘ulotlari bo‘lardi. Hech esimdan chiqmaydi,  hammaning oldida   chotini ko‘tarib lanka  tepgan  “o‘g‘il bola” qizimizni  o‘ninchi sinfda o‘qiyotgan akasi  yomon urgan. Hozir-chi? Kallasi-kallasiga tegib, nafasi aralash bo‘lib ketayotgan yoshlarning bittagina mashg‘uloti bor – telefon! Hayotimizning ajralmas bo‘lagiga  aylangan gadjetlar ichidagi shayton millat kelajagiga raxna solyapti.

3. Hikoyalarimning birida mahallamizning tarbiyachisi bo‘lgan Tojiniso xola haqida  yozganman. U qishlog‘imizning oriyati edi. “Dilbuzoringni o‘chirib, bolangga  qara! Qiz bola ham tol shoxidan ot minadimi? Ana, Samig‘ kal ko‘zini lo‘q qilib, qizingning ortidan lo‘killab qoldi...” Hamma narsaga burnini tiqaveradigan  kampirni ko‘pchilik yomon ko‘rsa-da, hamma undan  qo‘rqar va dilbuzorini o‘chirib,  bolalar tarbiyasiga shoshardi. Hozir-chi? Mahallaning or-nomusi bo‘lgan ulug‘ onalarimiz qayerda? Pardoz-adozini qoyillatib gap, yig‘inlarda! Choyxonalardagi so‘rilargacha band qilib olgan ba’zi hoji onalar uzundan-uzoq duo qilishni ham qoyillatishadi. Shunday kayvonilarni ham ham uchratganmanki, mahalla kelinlari emas, o‘zinikiga ham tishi o‘tmaydi. Gapdan ortgan vaqtlarini sajdaga sarflashgani bilan jamiyatga bir tiyinlik foydasi bormikan? Tojiniso xola kabi  tarbiyachilardan mosuvo ulg‘ayayotgan bolalarining ertasi nima bo‘ladi? Axiyri millat ko‘rki bo‘lmish ibo, hayo va oriyat liboslarisiz hammamiz yalang‘och bo‘lib qolmaymizmi?!

Kattaqo‘rg‘onlik uyatsiz, fosiq ham Marsdan tushmagan. U shu jamiyatda katta bo‘lgan, befarqlikning bittagina hosili, xolos!

Endi ko‘zingizni kattaroq ochib, benomuslik yo‘q bo‘lgan birorta jabhani ko‘rsatib bering!

Yarim-yalangoch dikillayotgan “artistlar”, boshlovchilar va boshqadan o‘rnak  olayotgan o‘qituvchi, shifokor, muhandis va hokazolarning ham ochilmagan joyi qolmadi. Men paranji tarafdori emasman, ammo azaldan dini-diyonati mustahkam bo‘lgan Marg‘ilondan ham farishta qochganidan so‘ng nima deyishni ham bilmay  qoldim. Mehribonlik uyida bo‘lgan razolat ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirildi. El tanigan mashhur odamlar, amaldorlar nafsiga qul bo‘lib voyaga yetmagan qizlarning badanini tusab qolishgan. Aqlga sig‘maydigan ishlar bo‘lgan, biroq aybdorlar  jazosini oldimi? Achchiq ichakdek cho‘zilayotgan tergov shafofmi? Nega ertalabdan kechgacha bemantiq ko‘rsatuvlarga to‘la oinai jahon miq etmay, tomoshabin bo‘lib  turibdi? Nega mustaqil jurnalistlar va nodavlat saytlardan tashqari birorta   rasmiy nashr, TV voqealarga oydinlik kiritmayapti? “Jinoyatlar bo‘lgan, ammo    ijtimoiy tarmoqlarda rosa ko‘pirtirishgan” deya kichik ma’lumotcha bilan kifoyalangan huquq-tartibot organlari o‘zlari aytayotgan yolg‘onga ishonisharmikan?  Ma’lumotlar ko‘pirtirilgan bo‘lsa, haqiqatni shubha qoldirmaydigan tarzda  isbotlab, yoritishmaydi?

Viloyat hokimigacha jazolanishi kerak bo‘lgan  holatda  kichkina aybdorlar  jazolanib, kattaroqlarining yuziga yengil tarsaki tushirildi. Aybdorlarning eng  kattalari esa  yallo qilib yurishibdi...

Namanganlik bir onadan xat oldim. O‘n sakkizga kirmagan qizi chilonzorlik qo‘shmachining qo‘lida ekan. Otasi o‘lgan. Kasalvand onasining dorisiga pul topmoqchi bo‘lgan qizni asira qilgan xotinning uyini surishtirib bordim. U oddiy qo‘shmachi emas, Koreyaga qiz sotadigan firmaning yordamchisi ekan. Aytishicha, kvartirasiga yig‘ilgan o‘n nafar qizlarni hech kim majburlamagan. Ular o‘z xohishi bilan koreys erga tegishga rozi bo‘lgan. Lekin qizlarning o‘zlari bilan suhbatlashib shunga amin bo‘ldimki, hech biri O‘zbekistondagi baxtidan bezib, chet elga qochayotgani yo‘q! O‘sha  namanganlik qiz o‘z boshidan o‘tganlarni hikoya qilib berdi. Aytishicha, Namangan shahrining Gulshan degan joyida butun bir domni ishg‘ol qilgan ishbilarmonlar  qizlarni Toshkentdagi Koreys firmalariga yetkazib, pul ishlashadi. Bunday “Gulshanlar” respublikamizning turli viloyatlarida bor. Bu tijoratdan hamma xabardor, hamma biladi, lekin birov  g‘ing demaydi. Chunki  “Til o‘rgatish” kurslari nomi bilan niqoblanib, qiz sotayotgan firmalarning ishi qonuniylashtirilgan. Firmaga to‘lanayotgan “qalin”ning summasi qiz-juvonligi, chiroyi va ma’lumotiga qarab 30000-100000 dollargacha boradi. Bundan atigi 1000 dollarigina qiz boqqanlarning qo‘liga tegadi. So‘mda o‘n millionga yetmay, qarz-qurzga ketadigan  mablag‘ qizini o‘zbek xonadoniga uzata olmay, koreysga bergan qo‘li kalta odamlar uchun katta pul! To‘g‘ri, ko‘rpaga qarab oyoq uzatish, o‘zlari kabi kamsuqum oila bilan ham quda bo‘lish mumkin! Xo‘sh, nega shunday qilmayapmiz? Mingta chig‘iriqdan o‘tkazilib, eng sog‘lomlari chertib-chertib tanlab olinayotgan qizlarimizni nega o‘zimiz kelin qilmaymiz? Chunki biz o‘sha koreyschalik emasmiz! Ular sog‘lom, bo‘yi baland, ko‘rkam  farzand ilinjida boshqa millatlarning baquvvat, bo‘yli-po‘stli, sog‘lom qizlariga uylanib qon yangilashyapti. Biz-chi? Eshigini umid bilan taqillatgan xonadon qizi nafaqat sog‘lom, chiroyli, balki muammolardan xoli bo‘lishi kerak. Ya’ni xonadon quda-andachilik qilishga qodir bo‘lsin, kuyov voyaga yetgan xonadon talab qiladigan    “kriteyriy”larga mos tushsin, iloji bo‘lsa uch-to‘rt pog‘ona balandroq, boyroq bo‘lsa yanayam yaxshi. Alloh uchun, “Qizingizning o‘zigina kerak” deguvchilar o‘ta kam. Orzu-havasli ota-onasidan qolishmaydigan “tarbiyali” kuyovto‘ralarning dunyoqarashi   bolaligidan shakllanib bo‘lgan.

Mayli, orzu-havasmand omilar o‘z yo‘liga. Ijtimoiy hayotimizga ta’sir ko‘rsata oladigan idoralar, vazirliklar, nomi ulug‘, suprasi quruq tashkilotlar qayerga qarayapti?! Nega biz birovlarning quchog‘ini gullatayotgan “Gulshan”lar, kambag‘al bo‘lsa-da, sog‘lom qizlarimizni sotayotgan firmalarning faoliyatiga chek qo‘ya olmayapmiz? Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatgan janob Quronboyevning kuchi Seul –  Toshkent aviareyslaridagi kuyovlar oqimini to‘xtatishga ham yetsa ikki qo‘limni yuqoriga ko‘tarib tan berar edim.

Yana bir haqli savol: “Dini noma’lum koreysga tegayotgan qizlarning taqdiri  nega Diniy idorani qiziqtirmayapti? Harom xo‘rakka majburlatilayotgan muslimalar    tug‘ilganida azon eshitgan pokiza xilqatlar emasmidi?

Maxsus poliklinikada yigirmadan ortiq mutaxasis ko‘rigidan o‘tib “xonbok”  kiyayotgan kelinlar Alpomish emas, Jumonglarni tug‘sa-yu, Sog‘liqni saqlash vazirligi  mum tishlab o‘tiraversa!

Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirligi-chi? Olti-etti oy ichida koreyschada bulbulday sayrayotgan qizlar boshqa xorij tillarini ham o‘rganib, o‘zimizda  tarjimon yoki pedagog bo‘lib ishlashsa, minglab talabalar ulardan ta’lim olishsa, zo‘r bo‘lardi-ku!

Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mahalla, Nuroniy jamg‘armalari, hokimiyat va boshqalar  haqida gapirmay qo‘ya qolay. Agar ularning ko‘zlari ochiq bo‘lganida Namangandan xat yozgan ona menga emas, ularga murojaat qilgan va jigarporasining taqdiri  “qochsang,   kasalvand onang 50000 dollar  to‘laydi” degan qo‘shmachining qo‘lida qolmagan   bo‘lardi!

Bizda ayollarni tahqirlash ochiqcha! Faqatgina ro‘molga yopishishmaydi! Nufuzi   ulug‘, har jihatdan ibrat bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlarning o‘zi ojizalarni xorlaydi. “Uyushmaganlar” iborasi bilan tamg‘alangan yoshlar orasida qiz-juvonlar yo‘qmi? Hatto Komsomol ham ayirmachilik qilmagan edi. Doim qovun tushiradigan   Yoshlar Ittifoqi esa buning uddasidan chiqdi. Natijada ikkita katta oqim paydo bo‘ldi.

Bir qishloqqa borib, yigirmata qo‘y boqib yurgan qizga ko‘zim tushdi. Ota vafot etgan, oilada o‘g‘il bola yo‘qligi uchun ro‘zg‘or uning gardanida ekan. U tog‘asi sovg‘a qilgan ikkita qo‘yni yigirmata qilib, yana ko‘paytirmoqchi ekan. Yaxshiroq tanishish uchun suhbatga tortsam, qo‘limga gazeta tutqazdi. Unda bir davra aks etgan edi.  Allaqanday bayramda ishtirok etib turgan odamlar orasida suhbatdoshimni darrov tanidim. Surat ostida esa “Falon qishloqning uyushmagan yoshlari Navruz saylida” degan yozuv turardi. Surat tepasidagi maqolada esa “uyushmagan” degan haqorat (ikkita qo‘yni yigirmata qilib, oiladagi olti jonni uyushtirib yurgan qiz uchun bu haqorat) naqd yigirma marta takrorlangan edi!

Yaqinda Yozuvchilar uyushmasida bo‘lgan bir yig‘inda chet ellik olima qizga so‘z berilmadi. “Aybi faqat reglamentga kiritilmaganidamikan” desam, uyushmaning  uyushib olgan rahbariyati bundan avvalroq Turkiyadan tashrif buyurgan professorga ham  so‘z  berishmagan, u bilan uchrashuv uyushtirishdan bosh tortishgan ekan. O‘sha professor Abdulla Qodiriy asarlaridan tortib, Tog‘ay Murod asarlarigacha tarjima qilib, o‘zbek adabiyotining Turkiyadagi jonkuyar targ‘ibotchisidir. Adiblar bog‘idagi imoratni otasining puliga qurgan va mikrofonni uyidan olib kelgan rais o‘rinbosari ikki ojizani (men  birga edim) hammaning ko‘z o‘ngida  yarim soat tik turg‘izib, kuttirib qo‘ydi va baribir so‘z bermadi. So‘ng bir og‘iz ham kechirim so‘ramay  g‘oyib bo‘ldi.

Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalari” bo‘yicha ilmiy ish qilayotgan va sof o‘zbek tilida gapiradigan yosh olima yozuvchini dunyoga keltirgan xalqqa ta’zim qilmoqchi edi, xolos!

Millatning  kattalari  va  ma’rifatparvar ziyolilari ayollarni haqorat qilgach, qolganlardan nima kutish kerak?! Menga qolsa, unigina emas, u nafas olayotgan   jamiyatni ham  tit-pitini chiqarib tekshirib, barcha aybdorlarni topib jazolagan bo‘lardim. Agar shunday bo‘lsa, qo‘rqoqligim tufayli millat sha’nini bulg‘ayotgan illatlarga qarshi tura olmayotgan eng katta aybdor – o‘zimni peshanamdan otsam adolatli  bo‘lar edi !

...O‘ttiz olti yil avval qamalib, yo‘q bo‘lib ketgan milisiya serjanti – Odinayev Nosirjon amakim edi. U sobiq SSSR davrida Chumakova (xalq tilida Churakova) deb ataluvchi ko‘chada muntazam bo‘lib turgan maishiy buzuq yig‘inlarni to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Chunki u  o‘sha hudud milisiya noziri – tinchlik, osoyishtalik, axloq posboni  edi. O‘sha tunda ham xizmat vazifasini bajarib, shahar ijroiya qo‘mitasi rais o‘rinbosari, prokuratura, oliygoh professori, maktab direktorlari ham aralashib qolgan to‘dani tartibga chaqirmoqchi bo‘lgan...

Sudda o‘zlarini oqlab, yolg‘on guvohlik bergan “jabrdiyda”larning to‘rttasi  (biri maktab direktori, boshqasi magazinchi, bog‘cha mudirasi, oliygoh o‘qituvchisi)    behayo ayollar bo‘lishgan. Ulardan biri yillar o‘tib, og‘ir xastalikka chalingach, o‘sha mash’um tunda sodir bo‘lgan voqealarni gapirib gunohlarini yengillatmoqchi bo‘ldi.  Aytishicha, davradagilarning quturishiga atigi bittagina sabab yetarli bo‘lgan. Sud hukmi bilan yo‘q qilib yuborilgan “jinoyatchi” davrada mazaxo‘rak bo‘layotgan ayollarni     yalang‘och ko‘rishni xohlamagan  va ularning ustiga choyshab tashlagan!

Qarang, zamonning qanchalik o‘zgarganini. Kechagina or-nomusni himoya qilaman deb qamalib, yo‘q bo‘lib ketgan osoyishtalik posbonining hamkasbi bugun ayolni yechintirib, millat sha’nini bulg‘adi!

Demak, qadriyatlarimizni, nomusu orimizni tiklash davri keldi!

Qachongacha bir hovuch “kasallar”ga ermak bo‘ladi bu xalq?!

Videodagi ayol men bo‘lishim ham mumkin edi-ku! “Oilangiz, bolalaringiz, nomusingizni o‘ylang” degan gapni  pista chaqib aytadigan fosiqlarga erk berib  bo‘ladimi?!

Yo‘q!

Yo‘q!

Yana yo‘q!

Bundaylar bilan birga, bir safda ishlayotgan gunohkorlar (uzr, begunohlar deya olmayman) esa ko‘zingizni kattaroq ochib, safingizni tezroq tozalang!  Zero, bir kuni xuddi shu xonada sizning onangiz, ayolingiz, qizingizni ham yechintirishlari muqarrardir!

Muazzam Ibrohimova

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Aholiga subsidiya o‘rniga foizsiz qarz beriladi

2025 йилдан бошлаб аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида давлат томонидан ажратиладиган субсидиялар босқичма-босқич бекор қилинади.

Ichki ishlar vazirligi semiz xodimlarni ishdan bo‘shatadi

Унга кўра, 20 минг киши жисмоний тайёргарлиги текширувидан ўтказилди ва улардан 30 нафари ишдан бўшатилди

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanadi

Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.

Avstriyalik olimlar vaqtni orqaga qaytarishni o‘rganishdi

Бу илм-фандаги фундаментал инқилобдир — нима юз берганини қисқача тушунтирамиз

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

AQShdagi uyga yoshi Yernikidan katta meteorit qulab tushdi

Таъкидланишича, метеорит тахминан 4,56 млрд. йил аввал пайдо бўлган

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

AQSh "tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ketdi": Turkiyaning ruxsatisiz Qora dengizga yadroviy suv osti kemalarini joylashtira olmaydi

Бу ҳақда Türkiye нашри Туркия нашри халқаро ҳуқуқ бўйича экспертларга таяниб ёзди.

Yangi tariflardan g‘azablangan ittifoqchilar Trampning "eng zaif nuqtasiga" zarba berishdi

Бу ҳақда Politico таҳлилий мақоласида айтилмоқда.

Alyaska — bu Putinning shaxsiy g‘alabasimi?

Владимир Зеленский АҚШда бўлиб ўтадиган Дональд Трамп ва Владимир Путин учрашувини Россия етакчисининг “шахсий ғалабаси” деб атади.

Di Kaprio qaysi filmni rad etganidan afsusda ekanligini ochiqladi

Ди Каприонинг интервьюси Esquire нашрида чоп этилди.

Putin urushni to‘xtatsa Tramp unga "syurpriz" taklif qilishga tayyor

Бу ҳақда The Daily Telegraph манбаларга таяниб ёзмоқда.

Tinchlik evaziga Alyaskami?

Дональд Трамп Владимир Путинга Украинадаги урушни тугатиш эвазига Аляска ресурсларидан фойдаланиш ҳуқуқини ва санкцияларнинг қисман бекор қилиниши таклифини кўриб чиқмоқда.

Isroil g‘azoliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi

Исроил бош вазири Ғазо аҳолисининг катта қисмини кўчириш ғоясини “ихтиёрий миграция” деб атамоқда.

Rossiyalik siyosatchidan yangi tashabbus: «Bir sinfga — bir migrant»

Россиянинг «Новые люди» партияси етакчиси Алексей Нечаев «Бир синфга — бир мигрант» ташаббуси билан чиқди.

Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.

Tayvanga kuchli “Podul” tayfuni yopirildi

Тайфун зарбаси натижасида 30 дан ортиқ одам жабрланган.

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Самарқанд вилояти ЙҲХБ ахборот хизмати хабар берди.

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Марказий божхона лабораториясида олиб борилган экспертиза таҳлилларидан сўнг мазкур чой ва қаҳвалар, капсулалар таркибида “сибутрамин” моддаси мавжудлиги аниқланди.

AQShda logistika poyezdining 35 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Ҳодиса сабаби номаълум, айни дамда тергов олиб борилмоқда.

G‘azoda Isroil hujumlari qurbonlari soni 61 722 nafarga yetdi

2023 йил 7 октябрдан бери Исроил армиясининг Ғазо секторига қилган ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 61 722 нафарга етди. Фақатгина сўнгги бир сутка ичида эксклавдаги Исроил ҳужумлари оқибатида яна 123 киши ҳалок бўлди.

Isroil elchisi YEIni G‘azo masalasida Isroilga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi

Исроилнинг Европа Иттифоқидаги элчиси Хаим Регев Politico нашрига берган интервьюсида Европа давлатлари Ғазо секторидаги инсон ҳуқуқлари масаласи бўйича Исроилга босим ўтказишдан воз кечиши кераклигини билдирди. Унинг сўзларига кўра, бундай чоралар ЕИнинг Яқин Шарқдаги нуфузини йўқотишига олиб келади.

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Буюртмани қабул қилиши керак бўлган пятигорсклик эркак жўнатмани олаётганда пайтда ушланган

Eron Isroilning sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlarini qoraladi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.

Isroil armiyasi jurnalistlar nomlarini yo‘q qilish ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda

Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Бозорнинг умумий дўконлар қурилган майдони 20.000 м/кв бўлиб, кўрилган тезкор чоралар натижасида 12.000 м/кв майдонда жойлашган савдо дўконлари ёнғиндан сақлаб қолинган.

Chiroqchida xotin erini qizg‘onib boshqa ayolni do‘pposlab, kiyimsiz qoldirdi

Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Маълум бўлишича, давлат ижрочиси ушбу “хизмати” эвазига муқаддам 450 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм ҳам олган.

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Ҳодиса оқибатида 11 киши ҳалок бўлди. Шунингдек, 45 киши тан жароҳати олди, улардан 12 нафарининг аҳволи оғирлиги айтилмоқда.

Jomboyda yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида “KIA BONGO”, “DAMAS” ва “GENTRA” русумли автомобиллар зарарланган.

Turkiyada kuchli 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Турли шаҳарларда, жумладан, Истанбулда ҳам ер силкиниши сезилган.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Болгарияда чўкиб кетган йигитнинг жасади Ўзбекистонга қайтарилмоқда

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Машина устида салют учирган блогер 7 суткага қамалди

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Таиландда 30 қаватли минора қулаб тушди

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Қозоғистонда йўқолган вертолёт парчаси ва экипажнинг жасади топилди

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Тошкентда 3 нафар эркак банкоматни ўғирламоқчи бўлди

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Фарзандлари онасини кўришни истамаган аёл алимент пуллари ундирилди

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Хитой фуқароси АҚШдаги ҳибсхонада ўз жонига қасд қилди

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 йилдан буён Исроил томонидан Ғазога 100 минг тонна бомба ташланди

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

Ғазода очликдан ҳалок бўлганлар сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

ҲАМАС: Исроилнинг Ғазо шаҳрини босиб олиш режаси "катта хақ тўлашга олиб келади"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

БМТ инсон ҳуқуқлари комиссари Исроилни Ғазодаги ҳарбий режадан воз кечишга чақирди

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Ҳизбуллоҳни қўлдан қуролсизлантириш — АҚШ ва Исроилнинг найранги

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Исроил Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини тасдиқлади

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Исроил ваъдасини бузди ва ғазоликларни «секин ўлдириш»да давом этяпти

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Хитойда хавфли вирус тарқалди. Карантин чекловлари жорий қилинди

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Тошкентда 19 ёшли йигит кўчада кийимсиз юргани бўйича маълумот берилди

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Хитойда кўчки остида 14 киши қолиб кетди

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

Ғазода қашшоқлик қурбонлари сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

АҚШнинг Жоржия штатидаги Форт-Стюарт ҳарбий базасига қуролланган шахс бостириб кирди

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Испанияда жазирамадан 1060 киши вафот этди

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.