Migrantlar uchun qulaylik: Moskva metrosida o‘zbek tilida belgilar paydo bo‘ldi

Migrantlar uchun qulaylik: Moskva metrosida o‘zbek tilida belgilar paydo bo‘ldi

Moskva metrosida “Prokshino” va “Lesoparkovaya” bekatlarida o‘zbek (lotin) va tojik (kirill) tillarida yo‘l ko‘rsatkichlari paydo bo‘ldi.

Bu migrantlar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi, chunki avtobuslar bu bekatlardan migrasiya markazigacha qatnaydi.
Endi chet elliklar uchun “Saxarovo” migrasiya markaziga boradigan avtobusga yo‘l topish osonroq bo‘ladi.
Metro yo‘lovchilar uchun tushunarli va qulay bo‘lishi uchun vagonlardagi elektron tablodagi metro xaritasi 9 tilda takrorlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!