Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyligidan ketdi

Midori Xonda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyligidan ketdi

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Xonda va darvozabonlar murabbiyi Takaya Susumi bilan tuzilgan shartnoma muddati o‘z yakuniga yetdi.

Yaponiyalik mutaxassislarning yurtimizdagi 2 yillik faoliyati davomida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAFA musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, FIFA reytingida o‘z o‘rnini yaxshilab oldi. Bundan tashqari, tarixda ilk marta Olimpiada saralashining so‘nggi bosqichiga qadar yetib bordi.

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasi yaponiyalik mutaxassislar Midori Xonda va Takaya Susumiga minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida omad tilaydi”, — deyiladi O‘zbekiton matbuot xizmati bergan xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!