MIB: qarzdorlikni elektron tarzda bartaraf etilishi xavflarning oldini oladi, biroq naqd pulda hisob-kitob qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

MIB: qarzdorlikni elektron tarzda bartaraf etilishi xavflarning oldini oladi, biroq naqd pulda hisob-kitob qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan sudlar va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash, fuqarolar, jamiyat hamda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish, qolaversa aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirish va sohani yanada raqamlashtirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Byuro faoliyatiga oid 6 ta normativ-huquqiy hujjat, shundan 3 ta qonun va 3 ta Davlatimiz rahbarining tegishli Farmonlari qabul qilindi. Shuningdek, ijro hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish maqsadida 1 ta qonun, 2 ta Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilib, tegishli tartibda kiritilishi ta’minlandi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida jami 36,3 trln. so‘mlik undiruvlar amalga oshirilib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 trln. so‘mga oshganligi ko‘rsatmoqda. Birgina, davlat foydasiga 25,6 trln so‘m, tadbirkorlik va boshqa sub’ektlar foydasiga 9,7 trln. so‘m hamda fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1 trln. so‘mdan ziyod mablag‘lar undirildi.

Davlatning majburlov mexanizmidan foydalanmagan holda axborot - kommunikasiya texnologiyalari orqali 1,3 mln.ta ijro hujjatlari soddalashtirilgan tartibda ijro etildi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Dafatlar” hisobiga 165 mlrd. so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

Voyaga yetmagan shaxslarning moddiy ta’minoti uchun jami 2 trln. so‘m aliment pullari undirilib, bu yo‘nalishdagi undiruvlar 782 mlrd. so‘mga yoki 62 foizga oshdi.Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlash maqsadida, 346 nafar undiruvchilarga 18,6 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Shuningdek, alimentga oid ijro ishlari bo‘yicha manzilli ishlar natijasida, aliment to‘lash istagi bo‘la turib, lekin ish bandligi bo‘lmagan 13.400 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, 7.100 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

Muqaddam, qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 344 nafar shaxslar ishga tiklanib, ularga to‘lanmay qolgan 15,2 mlrd. so‘mlik ish haqlari undirib berildi. “Majburiyatlar reestri”ga kiritilgan qarzdorlar tomonidan o‘tgan 6 oy davomida 404 mlrd so‘m mablag‘ to‘landi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning o‘tgan davrida Virtual va Xalq qabulxonalari orqali Byuro faoliyatiga oid 60 mingta murojaat kelib tushdi va shundan 52 mingtasi hal qilindi, shundan 29 mingtasi (58 %) qanoatlantirildi, 21 mingtasiga (40 %) esa, huquqiy tushuntirish berildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, aliment undiruviga oid murojaatlar 909 taga, qarz va zarar undirish yuzasidan yo‘llangan murojaatlar 2 382 taga kamaytirildi. Byuro organlari tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali sohani yanada raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada, 36 ta ijro harakatidan 22 tasi inson omilisiz axborot tizimlari orqali amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ijro ishi doirasida qabul qilingan 53 mln.ta qarorlardan 38,6 mln.tasi yoki 73 foizi inson aralashuvisiz avtomatik tarzda qabul qilindi. Ijro ishi qo‘zg‘atilgani haqida qarzdor shaxslarga 50 mln.ta “SMS-xabarnoma”lar yuborildi va ijro ishi bo‘yicha 1,2 mln.ta avtomat qo‘ng‘iroqlar amalga oshirildi. Taqiqlar avtomat yechilishi natijasida 10 trln. so‘m qarzdorlik elektron to‘lov tizimlari orqali undirilib, qo‘llanilgan 7,7 mln.ta cheklovlar inson omilisiz bekor qilindi.

Sohani raqamlashtirish natijasida, 2021 yilda 1 nafar davlat ijrochisi 1 oyda o‘rtacha 113 ta hujjatni tamomlagan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatkich 338 tani tashkil qilib, ish samaradorligi 3 barobarga oshirildi. Faoliyatiga oshkoralik berish borasida, jamoatchilik va aholi o‘rtasida 23.772 ta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, 11 mingdan ortiq tadbirlar ommaviy axborot vositalari yordamida amalaga oshirildi. Shu o‘rinda, fuqarolarimizdan qarzdorlik va to‘lovlarni amalga oshirishda, elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishini tavsiya etib qolamiz. Bu esa, bu sizning vaqtingizni tejaydi va xavflarni kamaytiradi. Biroq, ayrim fuqarolarimiz qarzdorlikni naqd pul ko‘rinishida ham amalga oshirish istagini ham bildirishlari mumkin.

Bunday hollarda, Byuro davlat ijrochilari o‘ziga biriktirilgan planshet vositasi orqali naqd pul mablag‘larini elektron tarzda rasmiylashtirib, qarzdorga xatlov dalolatnomasi nusxasini taqdim etishi lozim va bu haqida fuqarolarimizga to‘langan mablag‘ va qarzdorlikning bartaraf etilganligi, hatto mavjud taqiqlarning bekor qilinganligi haqidagi jarayonlar “SMS xabarnoma” orqali ma’lum qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Yuliya Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi

Собиқ матбуот котиби Зеленскийни "Украинанинг асосий муаммоси" ва урушнинг "асосий бенефициари" деб атади.

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

Исроил Бош вазири Беньямин Нетаньяху бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилинган видеомурожаатида маълум қилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Миллий хавфсизлик вазирлиги режасига кўра, ушбу зовур блокда сақланаётган маҳбусларни қўриқлайдиган тимсоҳлар учун мўлжалланган.

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.

"Real" futbolchisiga 22 million yevro maosh ham kamlik qildi

Мадриднинг «Реал» клуби бразилиялик ҳужумчи Винисиус Жуниорга шартномани узайтириш бўйича янги таклиф билан чиқди

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi

Америкалик миллиардер Илон Маск The Economist'га берган интервюсида сунъий интеллект ривожини энди тўхтатиб бўлмаслигини ва пулнинг аҳамияти қолмаслигини айтди.

Putin va Lukashenkodan "qutulish" kerak

Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.

Navoiyda erkakni qum bosib, halok bo‘ldi

Навоий вилояти Қизилтепа туманида таъмирлаш ишлари вақтида бахтсиз ҳодиса содир бўлди.

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Ўзбекистонда ота-оналарга фарзандига отасининг исмини фамилия сифатида бериш имконияти яратилади.

1 sentyabrdan avtobusga chiqish bilan yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi

2026 йил 1 сентябрдан брутто-шартнома асосида фаолият юритаётган барча шаҳар автобусларида йўлкира тўлаш тартиби қатъийлаштирилади.

Eron AQSh bilan urush paytida Shimoliy Koreyadan qurol olgan

У мамлакатда хавфсизлик мустаҳкамланганини таъкидлади

Yaponiyada tayfun sabab 15 mingga yaqin bino elektrsiz qoldi

Ҳодиса оқибатида беш киши жароҳатланган.

Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev viloyatida uch kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi

Ткаченконинг баёнотгиа кўра, ҳужум оқибатида турар жой биноси, хўжалик иншоотлари ва автомобилларга зарар етган

«Hududgazta’minot» tadbirkordan gaz uchun asossiz pul undirgan

Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketib, beton to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Самарқандда юк машинаси кабинасида ёнғин чиқиши оқибатида оғир йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Toshkentda qizning intim suratlarini tarqatmaslik evaziga $3 ming talab qilgan erkak ushlandi

Эркак тезкор тадбир давомида пул маблағларини олаётган вақтда ушланади.

Migrantlar yana Yevropaga ommaviy kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Сеутага янги муҳожирлар оқими 15 августгача юз бериши мумкин.

AQSh Eron bilan to‘qnashuvda 1300 dan ortiq ATAKMS raketasini qo‘llagan

«Вашингтон Пост» нашри маълумотларига кўра, АҚШ Эрон билан тўқнашувнинг дастлабки ҳафталарида 1300 дан ортиқ АТАКМС ракетасидан фойдаланган.

Britaniyada "O‘lim" kostyumidagi erkak shifoxona tomiga chiqib, bemorlarni sarosimaga soldi

Бу қилмиши учун суд уни 200 фунт стерлинг жаримага тортган.

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Шифокорлар томонидан тақдим этилган маълумотномага кўра, марҳуманинг танасида ҳеч қандай тан жароҳати аломатлари аниқланмаган.

Toshkent viloyatidagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi

Ёнғин соат 13:48 да қуршаб олинган ва соат 14:09да тўлиқ бартараф этилган.

Moskvadagi portlashda Rossiya havo kuchlari bosh qo‘mondonining kuyovi halok bo‘ldi

Маълумот ўрнида, уруш бошланганидан бери Россияда икки йил ичида олтита генералга суиқасд қилинган.

"Uraldronzavod" bosh direktoriga suiqasd uyushtirildi

Тергов қўмитаси ушбу ҳолат юзасидан жиноий иш қўзғатди.

Iqlim isishi sababli matcha choyi yo‘qolib ketishi mumkin

Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.

Jizzaxda 21 yoshli insta-bloger qiz YTHda vafot etdi (video)

Оғир тан жароҳати олган Орзигул Уразматова шифохонада вафот этган.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan ikki kishini qatl etdi

Бу ҳақда The Independent Эрон давлат оммавий ахборот воситаларига таяниб хабар берди.

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғинлар оқибатида камида 600 та уй-жой, бизнес объекти ва бошқа иншоот вайрон бўлган.

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.

DXX Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini fosh etdi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, ушбу маҳсулотларнинг тахминий суммаси 600 млн сўмни ташкил этади.

Pokistondagi polisiya bo‘linmasi oldida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Ҳодиса 2 август куни Афғонистон билан чегарадош Хайбар-Пахтунхва провинциясида содир бўлган.