MIB ishchilar foydasiga 1 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi

MIB ishchilar foydasiga 1 mlrd. so‘mdan ortiq ish haqini undirib berdi

Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sud buyruqlariga asosan qarzdor yog‘ va moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi aksionrelik jamiyatidan jami 209 nafar fuqarolar foydasiga jami to‘lanmay qolgan 1 mlrd. 491 mln. 852 so‘m miqdorida ish haqi undirish haqidagi ijro ishlari 2023 yilning 1 choragi davomida bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan. Ijro hujjatlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan hamda birlashtirilgan.

Ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochilari M.Raxmanov hamda E.Xaitmetov tomonidan qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklar o‘rganilib tegishli tartibda xatlangan hamda qarzdor hisob raqamlariga band solingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, to‘lov topshiriqnomalarga asosan undirilishi lozim bo‘lgan jami 1 mlrd. 491 mln. 852 so‘m miqdorida ish haqi to‘liq undirilib, ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasiga asosan tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!