Joriy yilning 14 iyul kuni Kun.uz rasmiy saytida “MIB yana o‘z “repertuarida”. Undiruv hokimlikka qadalganida qo‘llar cho‘ntakka solinadi” nomli xabar yoritildi.
Mazkur xabarda Toshkent shahar hokimligi hisobidan undiruvchi “Xisorak Beshyogoch” mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) foydasiga 88 mlrd. 566 mln. 751 ming so‘m kompensasiya to‘lovi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati ijrosi ta’minlanmayotgani, shuningdek holatga izoh bergan markaziy apparat bosh inspektori O.To‘rabekov tomonidan berilgan izohdan qoniqmaganligi bildirilgan.
Mazkur ishi bo‘yicha to‘xtalsak, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 25.03.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor Toshkent shahar hokimligi hisobidan undiruvchi “Xisorak Beshyogoch” mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) foydasiga 88 mlrd. 566 mln. 751 ming so‘m kompensasiya to‘lovi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati joriy yilning 4 aprel kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga yuborilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasiga asosan qarzdorning bankdagi tegishli hisob raqamlariga band solingan.
Shuningdek, ijro harakatlari davomida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarori Toshkent shahar hokimligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ijro uchun yuborilganligi aniqlangan.
Hozirda, ushbu sub’ektga kompensasiya to‘lovlarini qoplash masalasi Toshkent shahar hududiy kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirda mazkur ijro ishi yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda. (Joriy yilda olib borilgan ijro harakatlari davrida, 82 mlrd. so‘mdan ortiq 49 ta ijro ishlari bo‘yicha kompensasiya mablag‘lari undirib berilgan.)
Aytish joizki, Kun.uz rasmiy saytidagi “MIB yana o‘z “repertuarida”. Undiruv hokimlikka qadalganida qo‘llar cho‘ntakka solinadi” nomli xabar aslida haqiqatga mos emas, kompensasiya to‘lovlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunda belgilangan harakatlar amalga oshirilgan va ular hozirda ham davom etmoqda.
Holatga izoh bergan xodimning intervyu ortidagi so‘zlarini rasmiy munosabat tarzda, o‘zi bilganicha talqin qilish jurnalist etikasiga xos emas.
Zero, haqqoniylik va xolislik jurnalistlar faoliyatining asosiy qoidalaridir.
Qarorlar ijrosi ortida fuqaro hamda jamiyatlar manfaatlari bor ekan, u albatta ijro etiladi va bunda qonunlarga tayanadi, “repertuar”larga emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.