Messining eng yaxshi murabbiyi kim?

Messining eng yaxshi murabbiyi kim?

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi o‘zi birga ishlagan murabbiylarga baho berdi.

“Men Gvardiola va Luis Enrike bilan birga ishlagan damlarimni yorqin xotiralar bilan eslayman. Gvardiola, albatta, eng kuchli murabbiylar ro‘yxatida turadi. Luis Enrike ham yuqori darajadagi murabbiy. Men uchun eng yaxshi murabbiy kim? Bu — Frank Raykard. Men Raykarddan menga o‘ynash va hozirgi darajaga chiqish imkonini bergani uchun minnatdorman. Aynan uning davrida men asosiy jamoa safida maydonga tusha boshlaganman. Raykard meni xotirjam bo‘lishga o‘rgatgan”, dedi Messi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!