Messi yoshi sabab "Barselona"ga qaytmaydi

Messi yoshi sabab "Barselona"ga qaytmaydi

Maslahatchilar Joan Laportani Lionel Messini "Barselona"ga qaytarish fikridan voz kechishga ko‘ndirishdi.

Argentinalik futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng, Laporta uzoq vaqtdan beri Messini kelasi yozda qaytarishni xohlardi. Biroq, "Barselona" sport rahbariyati, xususan, Jordi Kroyff klub prezidentini Bernardu Silva bilan shartnoma imzolashga ishontirdi.

Bu qarorga asosiy sabab futbolchilarning yoshi. Transfer vaqtida 36 yoshga to‘ladigan Lionel Messi yana 2-3 mavsum o‘z darajasini saqlab qola oladi, 28 yoshli Silva esa faoliyatining cho‘qqisida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!