Messi nega “Tottenxem”ga urgan golini g‘alati nishonladi? (foto)

Messi nega “Tottenxem”ga urgan golini g‘alati nishonladi? (foto)

“Barselona” Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Tottenxem”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur o‘yinda Kataloniya klubi hujumchisi Lionel Messi dublga erishdi.

Argentinalik futbolchi “shporlar” darvozasiga urgan golini g‘alati tarzda nishonladi. Sochini to‘zg‘itib, so‘ng kameraga o‘pich yubordi. Xorij OAVlarida esa futbolchining bu harakatini izohlashga tushishdi. Ayrimlar Messi Keynning bundan oldin urgan goliga javob qaytarganini bildirdi desa, boshqalar Leo Turinga Ronalduga salom yo‘lladi deya izohladi.

Uchinchi taxmin esa Messining oilasi va o‘g‘ilchasi bilan bog‘liq. Chunki o‘g‘ilchasi Messining sochini to‘zg‘itishni yaxshi ko‘rar ekan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!