Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi

Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro ajratdi.

Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, xayriya qilingan pullar Barselonadagi shifoxona va Messining vatani Argentinadagi tibbiyot markaziga bo‘lib beriladi.

Pullar koronavirusga qarshi kurashda kerak bo‘ladigan tibbiyot anjomlari va himoya vositalari sotib olishga sarflanadi.

25 mart holatiga ko‘ra Ispaniyada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar soni 42 mingdan oshdi. 2900 nafardan ortiq odam vafot etgan. Argentinada esa 387 ta koronavirusga chalinish holati qayd qilingan, qurbonlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!