Merkelni yana “qaltiroq" bosdi, bu uchinchisi (video)

Merkelni yana “qaltiroq" bosdi, bu uchinchisi (video)

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkelning salomatligida muammolar borga o‘xshaydi. Merkel xonimni bir oyda uchinchi marta muhim uchrashuvlarda omma oldida titroq bosyapti.

Bugun, 10 iyul kuni Angela Merkel Finlyandiya Bosh vaziri Antti Rinne bilan Berlinda o‘tgan uchrashuvga yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Birinchi huruj 18 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda kameralar qarshisida yuz bergandi. Ular davlatlar madhiyasini ijro etayotganda Merkelni kuchli titroq bosgandi.

Merkelning titrashi 27 iyun kuni yana OAV kameralariga tushdi. Kansler GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer qabulida titragandi. 

Shu bilan birga, GFR hukumati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, kansler salomatligi bilan jiddiy muammo yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!