Merkel Putindan nega yordam so‘radi?

Merkel Putindan nega yordam so‘radi?

Germaniyalik mutaxassislari Kerch bo‘g‘oziga kema qatnovi uchun yaratilgan erkinliklarni baholash uchun kirishlari mumkin.

Bu haqda Angela Merkel va Vladimir Putin Argentinada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida kelisha olishdi.

RIA Novosti ma’lumotiga ko‘ra, sobiq Germaniya kansleri Angela Merkel Vladimir Putindan yordam so‘ragan.

Merkelning so‘rovi V.V. Putindan Germaniya mutaxassislarining Kerch bo‘g‘oziga tashrif buyurishiga ruxsat berishdan iborat bo‘lgan.

Bundan tashqari, keyinchalik Rossiya Federasiyasi rahbaridan fransuz ekspertlari ham shu hududga kirish uchun ruxsat berishni so‘rab murojaat qilgan.

Shuni aytish kerakki, Putin ikkala arizani ham ma’qullagan.

Ammo 1 oy o‘tgan bo‘lsa-da, hali birorta ham mutaxassis kelgani yo‘q. Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning aytishicha, bu holatda Ukrainaning aloqasi bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!