Merkel ikkinchi marta koronavirusga test topshirdi: natija qanday?

Merkel ikkinchi marta koronavirusga test topshirdi: natija qanday?

Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Angela Merkelning ikkinchi testi ham xuddi birinchisi singari salbiy natija ko‘rsatdi.

Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybertga tayanib “Welt” nashri xabar bermoqda.

22 mart kuni Merkel uni emlagan shifokorda COVID-19 infeksiyasi haqida ma’lumot olganidan keyin uy karantiniga o‘tishga qaror qildi.

Keyinchalik Zaybert Merkel "telefon orqali bog‘lanib, hukumat yig‘ilishini o‘tkazganini" aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Merkelning 23 mart kuni e’lon qilingan birinchi test natijasi salbiy natijani qayd etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!