Mer: Liviyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 mingga yetishi mumkin

Mer: Liviyada suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 mingga yetishi mumkin

Liviyaning Derna shahrida kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 mingga yetishi mumkin. Bu haqda shahar meri Abdulmenam al-G‘ayti mahalliy “Al-Arabiya” telekanaliga bergan bayonotida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar bunday xulosaga kelishga asos bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gresiya va Bolgariyada suv toshqinlariga sabab bo‘lgan “Daniyel” dovuli 11-sentyabr kuni Liviyaga yetib kelgan edi. Tabiiy ofat natijasida 8 ming kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar soni ortishi istisno qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!