“Mening mahallam” platformasi ishga tushiriladi

“Mening mahallam” platformasi ishga tushiriladi

Ikkinchi bosqichda bosh sxemalar asosida loyiha ofisi hududning Bosh rejasini ishlab chiqadi. Bunda:

- viloyatning ixtisoslashuviga qarab, sanoat, xizmat ko‘rsatish va aholi yashash punkti kabi zonalarga ajratiladi, yo‘llar va infratuzilma tarmoqlarini taqsimlash ko‘zda tutiladi.

- hududiy loyihalarni tasdiqlash, ob’ektlarga qo‘yilgan talablarni belgilashni viloyat bosh arxitektori va hokimning birinchi o‘rinbosari hal qiladi;

Uchinchi bosqichda bosh rejalarga asosan, viloyat, tuman va shahar bosh arxitektorlari va hokimning birinchi o‘rinbosarlari o‘z hududining master rejalarini tasdiqlaydi.

Bunda, ajratilgan zonalardagi maktab, bog‘cha, shifoxona, uy-joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining joylashuvi ko‘rsatiladi.

Tuman, shahar bosh arxitektori va hokimlarning 1-o‘rinbosarlari hokim yordamchilari va mahalliy tadbirkorlar bilan hududiy loyihalarni ishlab chiqib, yerlarni auksionga chiqaradi.

Lo‘nda qilib aytganda, Qurilish vazirligi qaysidir mahallada lotok qayerdan o‘tishi yoki bino qanday yoritilishi kerak, degan masalalar bilan shug‘ullanmaydi. Bular tuman va mahalla darajasida hal bo‘ladi.

Bosh sxema, Bosh reja va master rejalar ishlab chiqish uchun joriy yilda 200 milliard so‘m ajratiladi.

Mutasaddilarga 1 oktyabrga qadar Respublika va Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarining Bosh sxema, Bosh reja va master rejalarini ishlab chiqishga xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilish topshirildi.

Shuningdek, ikki oy muddatda:

- master rejalarini ishlab chiqishda, aholi takliflarini jamlaydigan “Mening mahallam” platformasini ishga tushirish;

- barcha tuman va shahar qurilish bo‘limlariga malakali arxitektorlarni rahbar etib tayinlash;

- sohaga xususiy sektorni jalb qilish uchun bosh rejalar loyihasini tayyorlashga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!