Mehmondorchilikka kelgan shaxs o‘g‘rilik qildi

Mehmondorchilikka kelgan shaxs o‘g‘rilik qildi

Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi 60 yoshli SH.X. murojaat qilib, plastik kartasidagi 400 ming so‘m pullar o‘g‘irlanganligini bildirgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, SH.X.ning uyiga o‘g‘lining do‘sti 26 yoshli YU.O. mehmondorchilikka kelib, telefon raqamiga 10.000 so‘m paynet qilib olish uchun deb, SH.X.ning qo‘l telefonini aldab olib, "CLICK" ilovasi orqali 10.000 o‘rniga 400 ming so‘m miqdoridagi pullarni yechib olganligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha YU.O. O‘zR. JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, YU.O. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!