Medvedev Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sababni aytdi

Medvedev Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sababni aytdi

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev NATOga a’zo davlatning Qrim yarim oroliga har qanday bostirib kirishi Rossiyaga urush e’lon qilish bilan barobar bo‘lishi mumkinligini aytdi, va bu “Uchinchi jahon urushi”ga olib kelishi mumkin ekan.

"Biz uchun Qrim Rossiyaning abadiy bir qismi. Qrimga bostirib kirishga har qanday urinish mamlakatimizga urush e’lon qilishdir", dedi Medvedev "Argumenti i fakti" axborot saytiga.

"Agar bu NATOga a’zo davlat tomonidan amalga oshirilsa, bu butun Shimoliy Atlantika ittifoqi bilan ziddiyat, Uchinchi jahon urushi, ulkan falokatni anglatadi", dedi u.

Hozirda Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimidagi Medvedev, shuningdek, Finlyandiya va Shvesiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya o‘z chegaralarini mustahkamlaydi va “javob berishga tayyor” bo‘lishini va “Iskander” gipertovushli raketalarini ularning “ostonasida” o‘rnatish ehtimolini kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!