Medvedev Toshkentdagi SHHT majlisida dollardan voz kechishni taklif qildi

Medvedev Toshkentdagi SHHT majlisida dollardan voz kechishni taklif qildi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Toshkentda bo‘lib o‘tgan SHHT majlisida Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘zaro milliy valyutada muomala qilish mexanizmini ishlab chiqishi kerakligini aytgan.

Medvedevning fikricha, milliy valyutadagi umumiy moliyaviy bozor davlatlarning umumiy raqobatbardoshligini oshiradi. Shuning uchun ham rus hukumati rahbari SHHT davlatlarining bank ekspertlari va moliyachilarini Moskvadagi davra suhbatiga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, SHHT sakkiz mamlakatni: Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan mintaqaviy xalqaro birlashma hisoblanadi. U 1996 yilda tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!