Medvedev Stalinning telegrammasini o‘qib berdi

Dmitriy Medvedev mudofaa korxonalari direktorlariga Stalinning telegrammasini o‘qib berdi.
“Sizdan tanklar uchun korpuslarni yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni o‘z vaqtida va halol bajarishni so‘rayman. Agar Vatan oldidagi burchingizni buzsangiz, sizni Vatani sha’ni va manfaatlarini mensimaydigan jinoyatchilar sifatida sindirishni boshlayman”, — deyilgan telegrammada.
Medvedev bu orqali yig‘ilish ishtirokchilariga “Ulug‘ Vatan urushi davridagi xuddi shunday vaziyatda” zavodlar ishiga qanday baho berilganini yetkazmoqchi bo‘lganini aytdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)