MDH davlatlari ichida o‘zbekistonlik Nilufar Kiyamovaning loyihasi g‘olib bo‘ldi

MDH davlatlari ichida o‘zbekistonlik Nilufar Kiyamovaning loyihasi g‘olib bo‘ldi

11-13-oktyabr kunlari Armanistonning Kapan shahrida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi uchun 100 g‘oya” tanlovi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekistondan ishtirok etgan Nilufar Kiyamova taqdim etgan “Qizlar ovozi maktabi” loyihasi ta’lim yo‘nalishida g‘olib deb topilgan.

Yana bir quvonarli tomoni shundaki, “Qizlar ovozi maktabi” loyihasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining oltin fondidan joy olgan. Keyingi bosqichlarda esa mazkur loyiha butun MDH davlatlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!