Mbappe uchun poygaga APLning yana ikki klubi qo‘shildi

Mbappe uchun poygaga APLning yana ikki klubi qo‘shildi

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Angliya Premyer-ligasi klublari orasida katta talabga ega. 24 yoshli fransiyalik futbolchi “Real” bilan kelishuvga erisha olmasa, “Tumanli Albion”ga o‘tishi mumkin.

Deadlinedaylive xabariga ko‘ra, hujumchi uchun "Nyukasl" va "Chelsi" klublari kurashni boshlagan. Avvalroq, "Manchester Yunayted" va "Liverpul" fransuzni sotib olish niyatida ekani ma’lum bo‘lgandi.

Kilianning transfer narxi 180 million yevroga baholanmoqda. Hujumchining "PSJ" bilan tuzgan mehnat shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Liga 1ning joriy mavsumida hujumchi o‘nta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!